Kosmetik vositalarning umrini qanday uzaytirish mumkin?
Upaning tasodifan yerga tushib ketishi, lab bo‘yog‘ining sinishi endi ulardan foydalanib bo‘lmaydi, degani emas. Balki bunday paytlarda yangisini sotib olish eskisini tiklashdan ko‘ra osonroq tuyular. Lekin quyidagi maslahatlar kosmetikani yana hayotga qaytaradi.
Foto: “you.elka.news”Upa
Foto: “you.elka.news”Yerga tushib ketgan upa idish ichida parchalanib ketsa, uni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak. Kukunning barchasi alohida idishga ko‘chirilib, yaxshilab maydalanadi. Ustidan 10-15 tomchi spirt quyiladi va yaxshilab aralashtirib, bir xil holga keltiriladi. So‘ngra upa idishiga qayta joylashtiriladi. Birozdan keyin spirt uchib ketadi va upada kutilgan natijani ko‘rish mumkin.
Tush
Foto: “you.elka.news”Odatda tush vositasi qopqog‘i ko‘p ochilishi natijasida tezda qurib qolishi kuzatiladi. Qurib qolgan tush ichiga suyuqlik, spirtli vositalar quyish mumkin emas. Shunchaki uning ichiga mitsell suvidan bir necha tomchi quyish kifoya. Shundan so‘ng kosmetik vositaning ishlash muddati yanada uzayadi.
Pushti-qizil yog‘upa(rumyana)
Foto: “you.elka.news”Agar rumyana vositasi idish ichida parchalangan bo‘lsa, uni qulay idishga o‘tkazish kerak. Ustidan kosmetik vazelin va vual qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra o‘z idishiga ko‘chirilib, tekislanadi. Birozdan so‘ng undan avvalgidek foydalanish mumkin.
Lab bo‘yog‘i
Foto: “you.elka.news”Lab bo‘yog‘i bosim bilan surilganda sinib qolish holati kuzatiladi. Shu vaqtda uni qo‘l bilan tekislashga urinmaslik tavsiya etiladi. Ushbu kosmetik vositani tiklash uchun singan qism olov yordamida biroz eritiladi va qolgan qism yengil yopishtiriladi. Shundan so‘ng 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi. Aslida, har qanday muammoni hal qilish imkoniyati mavjud. Faqat bu kabi vaziyatlarda shoshib qaror qilmaslik kerak, xolos.
Manba