Qishda yorilgan lablarni qanday davolash mumkin?
Sovuq kunlarda eng ko‘p tarqalgan muammolardan biri — lablarning yorilishi hisoblanadi. Atrof-muhit va sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq muammolar sabab lab terisining ahvoli yomonlashishi va ko‘chishi kuzatilishi mumkin.
Foto: Harper’s BazaarLablarni parvarishlar uchun ishlatiladigan mahsulotlar nafaqat yordam, balki zarar berishi ham mumkin. Shu sabab ham tanlov borasida e’tiborli bo‘lish tavsiya qilinadi. Labga surtish uchun mo‘ljallangan balzamning me’yordan ortig‘i lablarni uzoq vaqt namlantira olmasligi mumkin. Qolaversa, noto‘g‘ri tanlangan formula vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Lab yorilishining sabablari nima va uni qanday davolash mumkin?
Yog‘ qatlami yo‘q ekani hisobiga lablarning qishki shamol va havo o‘zgarishiga nisbatan himoyalanmagan bo‘ladi. Buning hisobiga namlikni tez yo‘qotib, quruq bo‘lib qoladi va ko‘chishni boshlaydi. Buning oldini olish uchun shifokorlar havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanishni, terining namligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan kosmetik vositalardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Shuningdek, parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetikalar qatoriga himoyalovchi SPF va bitiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan balzamlarni ham qo‘shish kerak.
Nima uchun lab uchun mo‘ljallangan ayrim balzamlar ish bermaydi?
Aksariyat asosi yog‘ va mumdan tashkil topgan balzamlar vaqtincha labning ustinigina qoplaydi, ammo singmaydi va yetarlicha namlantirmaydi. Bunday vositalardan esa iloji boricha esa foydalanmagan yaxshi. Lab qurishining oldini olishni istaganlarga yana xushbo‘y iforli balzamlardan ham qochish tavsiya qilinadi.
Tavsiyalar
Labdagi o‘lik teri qismlarini olib tashlash uchun maxsus vositalardan foydalanishga harakat qiling. Ko‘chgan terilarni olib tashlash yangi hujayralarni hosil bo‘lishiga yordam beradi va har qanday tinchlantiruvchi yoki davolovchi balzamni qo‘llashni osonlashtiradi. Ammo bu borada oshirib yubormaslik muhim sanaladi.
Quyosh nurlaridan himoyalovchi krem
Lab bilan bog‘liq muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillardan biri SPF kremlarni qo‘llamaslik hisoblanadi. Atigi uch qavatdan tashkil topgani hisobiga lablar quyosh nurlari, pigmentatsiya va hatto saratonga nisbatan nisbatan nozik bo‘ladi.
Manba