Teri va sochlar salomatligi uchun zaytun moyidan tayyorlanadigan 5 xil niqob
Yorqin teri, qalin kipriklar va silliq, yaltiroq sochlar uchun zaytun moyi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Marie Claire nashri zaytun moyidan uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblar retseptini taqdim etdi.
Foto: Marie ClaireZaytun moyi tarkibida antioksidant, skvalen va oleyn kislota mavjud bo‘lib, ular terini namlaydi va atrof-muhit ta’siridan himoya qiladi. Zaytun moyi yog‘ kislotalari va A, D, E, K vitaminlariga boy bo‘lib, ular terini oziqlantiradi va yuz rangini yaxshilaydi. Qolaversa, zaytun moyi yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va tirnash xususiyati ega terini tinchlantiradi.
Italiyalik zaytun moyi ishlab chiqaruvchi mutaxassislar uning xususiyatlaridan go‘zallik borasida qanday foydalanishni ma’lum qildi. Zaytun moyi qo‘shib, uy sharoitida niqob tayyorlash oson, buning uchun avval kerakli retsept tanlanadi.
Namlantiruvchi yuz niqobi
Kerakli mahsulotlar:- yangi avokado pyuresi — 2 osh qoshiq;
- zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq.
Avokado pyuresi zaytun moyi bilan aralashtiriladi, aralashma tozalangan teriga qo‘llanadi. Niqob 15 daqiqaga qoldiriladi, keyin suv bilan yuvib tashlanadi. Niqob quruq va ta’sirchan teriga mos keladi, ayniqsa, undan kuz-qish davrida foydalanish juda ham foydali. Ushbu niqobni bir oy davomida haftada ikki marta qo‘llash tavsiya etiladi.
Qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi niqob
Kerakli mahsulotlar:
- petrushka
- zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq.
Sochlar jilokorligi uchun niqob
Kerakli mahsulotlar:
- zaytun moyi — 3 osh qoshiq;
- asal — 1 osh qoshiq;
- tuxum sarig‘i — 1 dona.
Zaytun moyidan ter uchun skrab
Kerakli mahsulotlar:
- zaytun moyi — 2 osh qoshiq;
- shakar qamish — 4 osh qoshiq;
- efir moyi — 2 tomchi
- maydalangan qahva — 2 osh qoshiq.
Oyoq uchun yog‘-niqob
Yotishdan oldin oyoq terisi zaytun moyi bilan yog‘lanadi va paxta paypoqlar kiyiladi. Bu bilan tun davomida oyoqlar nafaqat dam oladi, balki kerakli darajada oziqlanadi.
Manba