Salomatlik Goʼzallik Ulama kiprik, tirnoq va urfdan qolganlikni ko‘rsatuvchi boshqa go‘zallik belgilari

Ulama kiprik, tirnoq va urfdan qolganlikni ko‘rsatuvchi boshqa go‘zallik belgilari

O'qildi: 381


Ulama kiprik, tirnoq va urfdan qolganlikni ko‘rsatuvchi boshqa go‘zallik belgilari

Bugungi kunda mukammal obraz yaratish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, do‘stlar bilan uchrashuv, rasmiy yig‘ilishlar yoki kechki ziyofat uchun kiyinish madaniyatining o‘ziga xos qoidalari bor. Kundan kunga yangilanib borayotgan moda olami esa har bir ayolni o‘ziga jalb etishi tabiiy. Lekin ayrim belgilar ularning urfdan qolganini yaqqol namoyon etib qo‘yadi. “Noviy ochag” nashri modadan ortda qolmaslik uchun bilib qo‘yish kerak bo‘lgan 5 ta muhim jihat haqda so‘z yuritdi.

Foto: “Noviy ochag”

Dekorativ ko‘zlar

Foto: “Noviy ochag”

2000-yillarda soch, tish va, albatta, tirnoqlarga yaltiroq ko‘zlar yopishtirish urfga kirgan. Keyin ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha zamonaviy ko‘rsatdi. Bugungi kunda esa hamma narsa boshqacha: tabiiylik va minimalizm modada. Tirnoqlarga bezak berish uchun undan ko‘p foydalanishmaydi. Aksar hollarda bitta tirnoqqa juda nafis ko‘zlardan qo‘llash mumkin.

Ulama kirpiklar — 3D

Foto: “Noviy ochag”

Ulama kipriklar eng so‘nggi tendensiyadir. Asosiysi, haddan oshib ketmaslik. Ayollar bugunda qo‘g‘irchoqlarnikidek qalin kipriklarga murojaat etmasligi lozim. Buning o‘rniga siyrak kipriklardan foydalanish iloji boricha tabiiy ko‘rinish bilan ta’minlaydi. Yoki o‘z kipriklarini laminatlash ham obrazni yanada go‘zallashtiradi.

Lablar

Yaqindagina lablarning hajmini kattalashirish urf bo‘lgan edi. Ammo bugun ayollar labining tabiiy konturini tiklashga harakat qilmoqda. Ularni jozibali ko‘rsatish uchun gialuron kislotasiga murojaat etadi. Doza juda kam bo‘lishi kerak, shundagina lablar tabiiy ko‘rinishini yo‘qotmaydi.

Ulama tinroqlar

Bu yerda ham asosiy masala tabiiylikda. Uzun va murakkab naqshli tirnoqlar bugun hammani e’tiborini tortishi mumkin. Lekin bu zamonaviylikdan darak bermaydi. Tabiiylik va oddiylik hamisha urfda. Biroz to‘rtburchak shakl hamda nafis bezaklar modaga kirgan.

Ulama sochlar

Foto: “Noviy ochag”

Ulama sochlarni bugungi kunda mutaxassislar ham tavsiya bermaydi. Chunki qisqa bo‘lsa ham tabiiy sochlarga yetadigani yo‘q. Qolaversa, sochlarning tezroq o‘sishi uchun turli xil niqob va muolajalardan ham foydalanish mumkin. Ulama sochlar esa tabiiy sochlarga ham zarar keltirgani tufayli undan foydalanmagan ma’qul.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.