Salomatlik Goʼzallik Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha eng samarali tavsiyalar

Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha eng samarali tavsiyalar

O'qildi: 485


Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha eng samarali tavsiyalar

Kipriklarni qanday qilib tabiiy ravishda uzun, qalin va qayrilgan tarzda o‘stirish mumkin?“Noviy ochag” nashri bu borada foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Dush qabul qilgandan keyin kipriklarni tarang

Maxsus taroq yoki eskirgan tush cho‘tkasi bilan kipriklarni tarash tavsiya etiladi. Sababi ular issiq nam havoda bir-biriga yopishib qoladi.

Soch balzamini kipriklarga surting

Soch uchun mo‘ljallangan barcha vositalar kipriklarga ham yordam beradi. Kipriklarga balzam yoki konditsioner surtib, bir necha daqiqadan keyin yuvish mumkin.

Kipriklarni maxsus shampun bilan yuving

Albatta, kipriklar uchun alohida shampun ishlab chiqilmagan. Ammo bolalar uchun mo‘ljallangan shampunlar kiprik uchun mos keladi.

Kipriklarga kanakunjut moyini surting

Kanakunjut yog‘i tarkibida ritsinoleyin kislota mavjud bo‘lib, u soch follikulasining asosiga kirganda qon oqimini oshiradi va tolalarning tez o‘sishini rag‘batlantiradi.

Biotin qabul qiling

Yoki B guruhi vitaminlarini qabul qilish kerak. Kipriklar qalinlashadi va kamroq to‘kiladi, tirnoq va sochlar mustahkamlanadi, husnbuzar yo‘qoladi va eng muhimi, kayfiyat yaxshilanadi.

Tushni kipriklarni qayrigandan keyin qo‘llang

Agar kiprik qayrish vositasidan foydalansangiz uni tush surtmasdan avval bajarish lozim. Aks holda kipriklarga ko‘proq zarar yetadi.

Foydalanishdan oldin qisqichlarni isitib oling

Kiprik qayruvchi qisqichni fen yordamida biroz isitish kipriklarning mukammal ko‘rinishiga yordam beradi.

Kiprik qayruvchi qisqichni iloji boricha kamroq ishlating

Kipriklar uzun va qalin bo‘lishi uchun qisqichlardan kamroq foydalanish lozim. Aks holda ularga zarar yetadi va to‘kilishni boshlaydi.

Sifatli tushdan foydalaning

Tush tarkibida asal mumi va pantenol bo‘lishi lozim, agar tushda namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi belgi bo‘lsa, undan ham yaxshiroq.

Bolalar upasidan foydalaning

Kipriklarni tabiiy ravishda qalin ko‘rsatish uchun bir marotaba qo‘llangan tush ustidan bolalar upasini sepish lozim. So‘ngra tush ikkinchi marotaba qo‘llanadi va kipriklar qalin ko‘rinishni hosil qiladi.

Tushni yaxshilab yuvib tashlang

Hech qachon tush surtilgan kipriklar bilan uyquga ketmang. Ularni maxsus mitselyar suvi bilan tozalang. Shuningdek, ko‘z chetida tush qoldiqlari qolmaganini tekshirib ko‘ring. Aks holda u ko‘zda allergiya va kipriklar uchun xavf tug‘diradi.

Tushni har uch oyda o‘zgartiring

Tush uch oy davomida tugamasa-da, undan muntazam foydalanish mobaynida bakteriyalar ko‘payadi. Bu tushning tarkibini o‘zgartirib, kipriklarni ko‘proq to‘kilishiga olib keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.