Salomatlik Goʼzallik Makiyajni nam salfetkalar bilan tozalash yuz terisiga qanday ta’sir qiladi?

Makiyajni nam salfetkalar bilan tozalash yuz terisiga qanday ta’sir qiladi?

O'qildi: 349


Makiyajni nam salfetkalar bilan tozalash yuz terisiga qanday ta’sir qiladi?

Makiyajni tozalashdagi eng yaxshi vositalardan biri nam salfetkalar hisoblanadi. Biroq bu fikrning noto‘g‘ri ekanini isbotlovchi, ya’ni nam salfetkalarning yuz terisiga ta’siri borligini isbotlagan holatlar ham mavjud. “Noviy ochag” nashri makiyajni nam salfetkalar bilan tozalash yuz terisiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.

Kosmetolog va terini parvarish qilish bo‘yicha mutaxassis Nikola Jes nam salfetkalarni ortiqcha ishlatishdan ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirdi. Nam salfetkalarning zararli ekanligini isbotlagan ba’zi sabablari:
  1. Nam salfetkalar makiyajni chuqur tozalamaydi. Agar siz 10 daqiqa davomida salfetka bilan makiyajni tozalashga harakat qilgan bo‘lsangiz, bu harakatlar zoye ketganini bilasiz.

Foto: “Yandeks.ru”

2. Nam salfetkalar bilan yuzingizni ishqalab teringizni cho‘zasiz va ajinlarni chuqurlashtirasiz.

3. Salfetka tarkibidagi mahsulotlar ko‘p hollarda terini quritadi va o‘z-o‘zidan tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin.

Makiyajni nam salfetkalar bilan tozalash yuz terisiga qanday ta’sir qiladi?

Foto: “Noviy ochag”

Nam salfetkalarning o‘rniga qanday vositalardan foydalansa bo‘ladi? 

Mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ikkita asosiy usul:
  1. Mitsellyar suv bilan yuvish. Bu hozirda makiyajni olib tashlashning eng xavfsiz va eng samarali usuli hisoblanadi. Mahsulot tarkibidagi maxsus faol moddalar(sirt faol moddalar)tejamkor va samarali harakat qiladi. Mitsellyar suvli tamponlar bilan yuzingizni muloyimlik bilan artib oling va yuzingiz toza ko‘rinishga ega bo‘ladi.
  2. Uch dozada. Yuzdagi teshikchalarni ochish uchun toza paxta yostiqchasini issiq suv bilan namlang va 5-10 soniya davomida yuzingizga qo‘ying.

Foto: “Noviy ochag”

Keyin esa makiyajni oddiy tozalash vositasi bilan yuving. Makiyajni yuz teshikchalaridan olib tashlash uchun yuzingizni issiq, toza mato bilan artib oling. So‘ngra teshikchalarni yopish uchun toza nam mato bilan niqob qiling.





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.