Salomatlik Goʼzallik Shampundan foydalanishda ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

Shampundan foydalanishda ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

O'qildi: 313


Shampundan foydalanishda ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

Shampun eng keng tarqalgan soch parvarish qilish mahsulotidir, lekin har kuni yo‘l qo‘yiladigan xatolarning aksariyati undan foydalanish bilan bog‘liq. Marie Claire nashri ushbu xatolarning bir nechtasini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Noto‘g‘ri tanlangan shampun

Shampun tanlash unchalik qiyin emas — bir nechta asosiy qoidalarga amal qilish kifoya. Agar bosh tez kir bo‘lsa, soch va bosh terisini chuqur tozalashga qaratilgan hajm beruvchi shampunni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar turmak 2-3 kungacha tursa, namlantiruvchi vositalardan xavfsiz foydalanish mumkin.

Jiddiy shikastlangan sochlar bo‘lsa, qayta tiklovchilardan foydalanish kerak. Bu intensiv parvarish qilishni talab qiladigan sochlar uchun muhimdir. Qazg‘oq paydo bo‘lganda, birinchi navbatda trixolog bilan maslahatlashish zarur.

Sochni kechasi yuvish

Kunning qaysi qismida soch yuvish bu barchaning o‘ziga bog‘liq. Ammo vaqt yo‘qligi sababli, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri yotishdan oldin bajarish va keyin ho‘l bosh bilan yotish kerak emas. Ertalab kechqurundan ko‘ra yaxshiroq, bu sartaroshlarning bu boradagi asosiy maslahati, chunki soch turmaklari ertalab kechqurungiga qaraganda chiroyli ko‘rinadi. Chunki sochlar uxlash vaqtida muqarrar ravishda deformatsiyalanishi mumkin.

Bosh terisini yetarli darajada tozalamaslik

Sochni yuvish uchun bu jarayonda asosiy narsa bosh terisini tozalash ekanini tushunishdir. Sochni shampunlash davomida ko‘prq bosh terisini massaj qilish kerak. Shampun qoldiqlari ham kuchli suv bosimi ostida bir xil massaj harakatlari bilan yuvib tashlanadi. Yuvgandan keyin bosh terisining tozaligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.

Konditsioner haqda unutish

Soch uchun konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi. Shampundan keyin sochlar, ya’ni ularning himoya qatlami ochiq holatda qoladi. Keyinchalik sochlar sog‘lom va porloq ko‘rinishi uchun uni yopishga yordam berish muhimdir.

Saqlash shartlariga rioya qilmaslik

Agar shampun tarkibida juda ko‘p organik komponentlar bo‘lsa, uni vannaga yaqin qo‘ymaslik yoki dushda saqlamaslik kerak. Suv bug‘ining yuqori harorati shampunning saqlash muddatini va uning tarkibiga kiritilgan komponentlarning samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun mahsulotning suv bilan uzoq muddatli o‘zaro ta’siridan keyin qadoqlarda ko‘rsatilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.