Salomatlik Goʼzallik Yuz terisiga namlantiruvchi krem surishning 5 ta qoidasi

Yuz terisiga namlantiruvchi krem surishning 5 ta qoidasi

O'qildi: 458


Yuz terisiga namlantiruvchi krem surishning 5 ta qoidasi

Yuz terisi uchun namlantiruvchi kremdan qanday foydalanish kerak?“Noviy ochag” nashri bu borada bir nechta sirlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Quruq teriga namlantiruvchi krem ishlatmang

Yuz terisini qanday namlash kerak?Krem yuz yuvilgandan so‘ng darhol qo‘llanilishi lozim. Agar teri nam bo‘lganda ushbu jarayon amalga oshirilmasa, namlikni ushlab turish imkoniyati qo‘ldan boy beriladi, namlik bug‘lanadi.

Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, namlantiruvchi kremdan foydalaning 

Ko‘pchilik yog‘li yuz terisini namlash kerak emas deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas. Yuz yuvilgandan so‘ng darhol teri namlanmasa, teri qurishini qoplash uchun yog‘ni ko‘proq ajrata boshlaydi. Teri yaltirab ko‘rinmasligi uchun yog‘siz namlantiruvchi va eng yaxshi tonal kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Kremni muloyimlik bilan qo‘llang

Uy sharoitida yuzni qanday namlash kerak?Agar krem yengil harakat bilan emas, balki ishqalash usuli bilan surtilsa, teri cho‘ziladi va ajinlar paydo bo‘lishi tezlashadi. Bu ko‘proq ko‘z atrofidagi joylar va quruq teri uchun tegishli.

Bo‘yinni namlashni unutmang

Yosh o‘tganining eng dahshatli belgisi — bo‘yin va dekolte ajinlari bo‘lgan silliq yuz. Namlantiruvchi yuz kremi bu sohaga mos keladi, lekin maxsus kremlardan ham foydalanish mumkin. Asosiysi bo‘yin sohasiga har kuni yuz kabi g‘amxo‘rlik qilishdir.

Samarali krem har doim ham qimmat narxga ega emas

Yuz terisini parvarish qilish vositalariga kelganda eng qimmat narxdagilarni xarid qilish shart emas. Ularning hammasi ham mo‘jiza yaratmaydi. Sotib olish uchun ko‘plab yaxshi namlantiruvchi kremlar mavjud. Ular narx va sifat borasida ham barchaga mos keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.