Nima uchun tonal kremni namlantiruvchi kremsiz ishlatish mumkin emas?
Siz ishlatgan tonal kremlarning hech biri yuzga yaxshi singmay, teri qurishiga olib kelyaptimi?Balki, muammo tonal kremda emas, uni qo‘llashdadir?Nima uchun tonal krem yuzga yaxshi “yotmasligi” va uni qanday qo‘llash kerakligi haqida kosmetolog Liliya Dishleva so‘zlab beradi.
Foto: “Domashniy ochag”Teri qurishi va ko‘chishi
Tonalni kremsiz qo‘llashning eng ko‘p uchraydigan oqibatlari teri qurishi va ko‘chishidir. Bundan tashqari, tonal krem quruq terining kamchiliklarini ta’kidlashi, hatto ajinlar va boshqa muammoli joylarni ajratib ko‘rsatishi mumkin. Bu esa bir necha yosh kattaroq ko‘rinishga olib keladi. Chunki tonal vositalar terini quritadi. Aslida tarkibida namlovchi komponentlar bo‘lgan BB kremni ham qo‘llashdan oldin yengil namlantiruvchi krem surtish kerak.
Namlantiring
Makiyaj ostida namlovchi vositani qo‘llash yaxshi pardozning asosiy qoidalaridan biridir. Tonal mahsulotlarda ham namlovchi tarkibiy qismlar mavjudligiga qaramasdan, ular boshqa muammolarni hal qiladi. Yotishdan oldin terini tozalovchi zardob va kremlardan foydalanish orqali ham terini parvarish qilasiz, ham pardozning uzoq turishi va sifatini ta’minlaysiz.
Foto: “Domashniy ochag”Ba’zan piling kerak bo‘ladi
Bundan tashqari, vizajistlar o‘lik teri hujayralarini olib tashlash va terining nafas olishini yaxshilash uchun pardozdan oldin yengil piling qilishni yoki tozalovchi niqoblardan foydalanishni maslahat beradi. Shundan keyingina namlovchi krem qo‘llashga o‘ting, krem 5-10 daqiqa davomida teriga yaxshi singishi uchun vaqt berish kerak, so‘ng tonal kremdan foydalaning.
Yog‘li teri haqida nima deyish mumkin?
Agar tonal krem yoki BB krem kundalik krem bilan birgalikda yuzingizni yanada yog‘li qilib, yog‘ sekretsiyasini kuchaytirayotganini sezsangiz, tonal krem yoki namlovchi krem teringizga mos kelmagan bo‘lishi mumkin. Teringiz ehtiyojlariga eng mos keladigan boshqa kremlarni sinab ko‘ring.
Yog‘li teri bilan parvarishlash vositalariga maksimal darajada e’tibor berish kerak, chunki ular faqat namlovchi bo‘lishi kerak emas. Agar bunday vositalar sebum modasini ham tartibga solsa, yanada yaxshi: birdaniga yog‘li va muammoli terini parvarishlaydigan gel, tonik, zardob, kremlardan foydalaning. Eng muhimi, ushbu mahsulotlar tarkibida komedogen bo‘lmasligi, glikolik, salitsil kislotasi, AHA yoki BHA kislotalaridan tashkil topgan bo‘lishi lozim.
Shuni unutmangki, yog‘li teri juda injiq va ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun bunday teri ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, pardozda ham, parvarishda ham qimmatroq kosmetik vositalarni talab qiladi.
Mavzuga doir:
- Lab bo‘yog‘i va tonal kremni aralashtirsa nima bo‘ladi?Kosmetika tayyorlash bo‘yicha layfxaklar
- Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak
- Uxlashdan avval yuzdagi makiyajni tozalash shartligining 8 sababi
- Tonal krem surtishda yo‘l qo‘yiladigan 4 xato
Manba