Tonal kremdan qanday foydalanish kerak? Turli xil yuz terisi uchun 5 tavsiya
Makiyajdan so‘ng teri tiniq va tabiiy ko‘rinishi uchun tonal kremini maxsus usulda qo‘llash kerak. Usullar teri turiga qarab biroz farq qiladi.
Foto: FreepikYog‘li teri
Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, xafa bo‘lishning keragi yo‘q. Terining yaxshi ekanligi faqat 40 yoshdan o‘tgandan keyin bilinadi. Buning uchun faqat suyuq tonal kremdan foydalanish lozim. Mahsulot odatda shisha idishlar va tyubiklarda sotiladi. U yog‘ni oz va mikroskopik upani ko‘p miqdorda o‘z ichiga oladi, ular kun davomida teri ishlab chiqqan yog‘larni o‘zlashtiradi. Sotib olishdan oldin tarkibni diqqat bilan o‘qish lozim. Uning tarkibida qizilmiya ildizi yoki behi urug‘i ekstraktini bo‘lishi zarar qilmaydi.
Tonal kremi kichik nuqta shaklida yuz terisiga qo‘llanadi, aylana harakatda markazdan chetga qarab yoyiladi. Pudradan avval oddiy salfetka yuzga asta bosiladi va kremning ortiqcha qismi shu tarzda olib tashlanadi. Ushbu salfetkalar yordami bilan kunduzgi makiyajni to‘g‘rilash mumkin.
Husnbuzar va toshmalardan yallig‘langan teri
Hozircha bunday teri egalari suyuq tonal kremdan voz kechgani va krem upalardan foydalangani ma’qul. Tonal kremi toza va yaxshi tayyorlangan teriga surtilsa, u teshiklarni yopadi va ularga chang to‘planib qolishining oldini oladi. Bu terini qayta yallig‘lanishdan qutqaradi.
Mineral upani ishlatish yanada yaxshiroq bo‘lib, u allergiyaga olib kelmaydi. Uni qo‘llashda shimgichdan foydalanish kerak. Har foydalanishdan keyin shimgich iliq suv bilan yuviladi va quritiladi. Aks holda u bakteriyalar tashuvchisiga aylanadi. Natijada ular bunday teri egalari muammo tug‘diradi.
Me’yordagi teri
Agar teri yog‘li yoki quruq bo‘lmasa, uning egalarini baxtli deyish mumkin. Shuningdek, ular kunduzgi tonal kremi bilan kifoyalanadi. Odatda ular vitamin va minerallar bilan boyitiladi. Tonal kremi tabiiy rangga mos kelishiga ishonch hosil qilish lozim. Albatta, makiyajni mitselyar suvi bilan artish lozim.
Quruq teri
Quruq terilar uchun klassik tonal kremlari mos keladi. Ularda odatda yog‘, suv va vitaminlar ko‘p bo‘ladi, jumladan, retinol va E vitamini ham mavjud. Bunday terini namlantiruvchi va kunduzgi kremlar bilan makiyajga tayyorlash kerak.
Barmoqlarning uchi bilan quruq teriga tonal kremi surtiladi. Agar teri o‘ta qurib ketsa, mahsulot barmoqlar yordamida yoyilmaydi. Buning uchun shimgich suvga botirib olinadi, yaxshilab siqib olinib va u bilan surtiladi. Kremni nam shimgich bilan turli yo‘nalishlarda tarqatish kerak emas. Uni muloyimlik bilan surtishga harakat qilish lozim.
Yetilgan teri
Xuddi yog‘li teri kabi suyuq tonal kremlar mos keladi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarilayotgan tonal kremlariga ham e’tibor berish kerak. Ular, asosan, ajinlarni va dog‘larni berkitishi kerak.
Bunday terilarga tonal kremi o‘rtacha miqdorda barmoq uchlari bilan yuz terisiga qo‘llanadi. Massaj orqali chiziqlari bo‘ylab yengil aylana harakatlar bilan surtiladi.
Manba