Sochlarni to‘g‘ri parvarish qilishning 10 ta asosiy qoidasi
Tabiiy go‘zal sochlarni yaxshi holatda saqlash uchun minimal kuch talab qilinadi, boshqalariga esa ko‘proq ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish kerak. “Noviy ochag” nashri sochlarni to‘g‘ri parvarishlash qoidalari bilan bo‘lishdi.
Foto: PinterestSog‘lig‘ingizni kuzatib boring
Ha, go‘zallik salomatlikdan boshlanadi, bu sochning holatiga ham tegishli. Bunda to‘g‘ri ovqatlanish asosiy rol o‘ynaydi. Ratsionga oqsil(baliq, loviya, yong‘oq, don mahsulotlari), A, C va E vitaminlari, rux va temir kabi minerallar, omega-3 yog‘ kislotalari yuqori bo‘lgan mahsulotlarni kiritish muhimdir.
Faqat tabiiy va yangi ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, maxsus qo‘shimchalarni qabul qilish mumkin, ammo buning uchun birinchi navbatda dastlab qanday elementlar yetishmayotganligini aytib beradigan va mos keladigan narsani buyuradigan shifokor bilan maslahatlashish lozim. Shuningdek, ruhiy holat ham soch sifatiga ham ta’sir qiladi, shuning uchun dam olishni unutmaslik, stress va uyqusizlikni bartaraf etish kerak.
Sochlarni gullashiga yo‘l qo‘ymang
Sochlar uchining rangi yorqinlashib borsa, demak, tez orada ular gullashni boshlaydi. Bundan tashqari, mo‘rtlik paydo bo‘ladi, tolalar hajmi va silliqligini yo‘qotadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim soch uzunligining oxirgi 5-10 santimetr qismiga maxsus namlantiruvchi vosita qo‘llash, o‘ta issiq suvda yuvmaslik, sochlarni atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qilish, iloji bo‘lsa, har qanday kimyoviy ishlov berishdan qochish lozim. Agar sochlar gullashining oldini olishning iloji bo‘lmasa, faqat bitta variant mavjud: sochlarning shikastlangan qismini kesib olish. Uzun, ammo gullagan, betartib sochlardan ko‘ra, kaltaroq, nafis sochlar chiroyli ko‘rinadi.
Vaqti-vaqti bilan sochlarga dam bering
Ish yoki boshqa vazifalar ko‘pchilikka sochlarini fen, dazmol va boshqa issiqlik bilan turmaklovchi asboblaridan foydalanishdan butunlay voz kechishga imkon bermaydi. Biroq iloji bo'lsa, haftasiga kamida 1-2 marta sochlarga dam berish lozim: ularni tabiiy ravishda quritish, turli murakkab soch turmagidan voz kechish, ularga foydali parvarish mahsulotlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Soch va bosh terisi turi uchun to‘g‘ri parvarish vositalarini tanlang
Shampun, balzam, niqob, namlantiruvchi mahsulotlar kabi parvarish vositalarni tanlashda ularni nafaqat soch, balki bosh terisi turiga qarab tanlash juda muhimdir. Chunki noto‘g‘ri tanlangan vositalardan foydalanish samarasiz va hatto zararli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bosh terisi va sochlar turli xil parvarish usullariga muhtoj. Misol uchun, aksariyat odamlar qazg‘oq yoki sochlarning uchlari quruq va ildizlari yog‘li bo‘lishi, to‘kilishi, mo‘rt va hajmi yo‘qligiga duch keladi. Bularning barchasi hal qilinadigan va turli g‘amxo‘rlik talab qiladigan vazifalardir. Shuning uchun ma’lum muammolarni yengib o‘tadigan, butun uzunligi va bosh terisiga ham mos keladigan mahsulotlarni topish juda muhimdir.
Mexanik shikastlanishdan saqlaning
Sochlarni sog‘lom va chiroyli saqlash ularga mexanik ta’sirni kamaytirishga yordam beradi. Sochlarni tarashda ularni shikastlamaydigan taroqdan foydalanish lozim, ularni sochiq bilan silash, qattiq tasmalardan foydalanish, albatta, zarar keltiradi. Shuningdek, sochlarni kaltalaganda o‘tkir qaychi bilan kesish tavsiya etiladi. Bu tez orada sochlarni qalin va uzun o‘sishiga hissa qo‘shadi.
Sochni to‘g‘ri yuving va turmaklang
Sochlarni yuvayotganda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
- Suvning harorati teriga qulay, oxirida esa biroz sovuqroq bo‘lishi kerak;
- Shampun, balzam va niqob qo‘llash texnikasi — bu parvarishlash vositalaridan foydalanishning ko‘plab usullari mavjud, masalan, birgalikda yuvish:
- Sochni yuvgandan so‘ng yumshoq mato yoki mikrofiber sochiqdan foydalangan ma’qul;
- Ho‘l sochlarni o‘ramaslik kerak, aksincha ularni juda ehtiyotkorlik bilan tarash lozim.
- Sochlarni fenda quritishdan avval issiqdan himoyalovchi vositadan foydalanishni unutmaslik kerak.
Bosh terisini massaj qilish qon aylanishini yaxshilaydi, soch to‘kilishini kamaytiradi, soch o‘sishini tezlashtiradi va mustahkamlaydi. Buning foydasini his qilish va ta’sirini ko‘rish uchun kuniga muntazam ravishda 5-10 daqiqa massaj qilish kifoya. Biroq bu yerda texnika nihoyatda muhim ekanini unutmaslik kerak, shuning uchun ozgina vaqt sarflash va massaj qoidalarini o‘rganish lozim. Massaj umuman murakkab emas, lekin uning yordamida keraksiz oqibatlardan qutulish va sochlarning holatini sezilarli darajada yaxshilash mumkin.
Yog‘lardan foydalaning
Yog‘lar sochning yaxshi holatini saqlab qolishga, shuningdek, ba’zi muammolarga qarshi kurashishga qodir. Yog‘lar asosan(kokos, argan, jojoba va boshqalar)va efir(lavanta, choy daraxti, evkalipt)ga bo‘linadi. Har bir yog‘ ma’lum muammolarni hal qiladi: to‘kilish, mo‘rtlik, xiralik, qazg‘oq, bundan tashqari, ular bosh terisi, soch uzunligi yoki uchlari bo‘ladimi, turli sohalarga qo‘llanilishi mumkin. Qo‘llash texnikasiga ko‘ra, ular ajralib turadi: massaj, xushbo‘yligi, niqob sifatida qo‘llash va sotib olingan parvarish mahsulotlarini yaxshilash. Soch, bosh terisi va muammolar turiga qarab yog‘larni tanlash mumkin.
Yotishdan oldin sochlarga g‘amxo‘rlik qiling
Uyquda ham sochlar yomonlashishi mumkin: ular yostiqqa ishqalanadi, bu esa mexanik shikastlanishga olib keladi. Bunga yo‘l qo'ymaslik uchun yotishdan oldin sochlarni bo‘sh tasma bilan yengil turmaklab, avval ularga yog‘ yoki maxsus foydali vositalarni qo‘llash mumkin: bu bilan soch tolalari nafaqat kamroq shikastlanadi, balki yaxshi tiklanadi. Qolaversa, oddiy yostiq jildini ipak matosiga almashtirish kerak. Ipak juda nozik materialdir, shuning uchun u sochlarga zarar bermaydi va chigal bo‘lishiga ham yo‘l qo‘ymaydi.
Sochlarni atrof-muhitning salbiy ta’siridan saqlang
Quyosh, shamol, sho‘r yoki qattiq suv, quruq havo — bularning barchasi sochlarning holatiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, tolalar har doim yetarli darajada namlangan bo‘lishini ta’minlash kerak, ya’ni muntazam ravishda balzam yoki niqobdan foydalanish mumkin. Issiq mavsumda ham, qishda ham SPF va shlyapa yordamida sochlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilish lozim.
Manba