Salomatlik Goʼzallik Faqat sabzavotlar emas: teri go‘zalligi hamda yoshligi uchun muhim bo‘lgan 8 ta mahsulot

Faqat sabzavotlar emas: teri go‘zalligi hamda yoshligi uchun muhim bo‘lgan 8 ta mahsulot

O'qildi: 317


Faqat sabzavotlar emas: teri go‘zalligi hamda yoshligi uchun muhim bo‘lgan 8 ta mahsulot

Necha yoshda bo‘lishdan qat’i nazar ajoyib ko‘rinishni xohlaysizmi?“Noviy ochag” nashri bu borada foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Pista

Barcha odatiy urug‘larda ko‘p miqdorda E vitamini mavjud bo‘lib, organizmning hujayralarini yo‘q qilishdan himoya qiladi. Xuddi yong‘oq kabi, lekin pista nisbatan arzonga tushadi. Agar muntazam ravishda pista va yong‘oqlarni iste’mol qilinsa, sog‘lom, yosh teriga ega bo‘lish va yurak xastaligi xavfini kamaytirish mumkin. Ularni oddiygina salat, sho‘rva va nonlarga qo‘shib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bulg‘ori qalampiri

Agar har kuni yangi bulg‘ori qalampiri iste’mol qilinsa(shuningdek, olma yoki apelsin kabi C vitaminini o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlar), organizmdagi kollagen ishlab chiqarishni oshadi. Natijada nafaqat elastik, yosh teri va  sochlarga, balki sog‘lom bo‘g‘imlarga va umurtqa pog‘onasiga ham ega bo‘lish mumkin. Chunki kollagen organizmdagi barcha biriktiruvchi to‘qimalar uchun javobgardir.

Ko‘katlar

Bargli va achchiq ko‘katlar nafaqat C vitaminini o‘z ichiga oladi, balki teri hujayralarini namlikni yo‘qotishdan va qurib ketishdan himoya qiluvchi lutein va zeaksantin kabi karotenoidlarni ham ta’minlaydi. Ko‘katlardan qanday foydalanishni hamma biladi, lekin yana bir ajoyib g‘oya: ko‘katlarni blenderda sabzavot sharbatlari, kefir yoki yogurt bilan maydalab, uni kokteyl sifatida ichish mumkin.

Qo‘ziqorin

Qo‘ziqorin terini zararli ultrabinafsha nurlaridan va qarishdan himoya qiluvchi ko‘p miqdorda selenni o‘z ichiga oladi. Ularni qaynatilgan yoki qovurilgan past kaloriyali garnir sifatida yoki salatlarga mazali qo‘shimcha tarzida tanovul qilish mumkin.

Dengiz mahsulotlari

Dengiz mahsulotlari immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim mineral bo‘lgan ruxga boy. Yaxshi immunitet ham terini yallig‘lanish va infeksiyalardan himoya qiladi. Rux barcha dengiz mahsulotlarida istisnosiz mavjud.

Qulupnay

Yaxshi xabar shundaki, hatto muzlatilgan qulupnayda ham teri hujayralarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan C vitamini va flavonoidlar mavjud. Shuning uchun, mavsumdan qat’i nazar, butun yil davomida undan iste’mol qilish mumkin.

Mango

Mango beta-karotinga boy bo‘lib, terini tiklaydi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Beta-karotin miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ham xom, hamda pishirilgan holda iste’mol qilinadigan shirin kartoshka turadi. Uchinchi o‘rinda bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan sabzi.

Tuxum

Tuxumda lutein mavjud bo‘lib, u terini nam va elastik saqlashga yordam beradi. Qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum iste’mol qilishdan qat’i nazar, ushbu element to‘liq qabul qilinadi. Lekin uni kokteyllarda yoki boshqa usulda qabul qilmagan yaxshiroq.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.