Mukammal qomat, yosh ko‘rinish va har kuni sho‘rva iste’mol qilish uchun yana 5 ta sabab
Ko‘pincha tushlikda suyuq taom iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali, deyiladi. Ammo bugungi kun ovqatlanish mutaxassislari bunga rozi emas. Hattoki, sho‘rvani eng zararli taomlar ro‘yxatiga ham qo‘shgan. Boshqa tomondan sho‘rvalar shamollash, ORVI va sog‘liqdagi boshqa muammolarni tiklashga yordam beradigan taomligi ma’lum. Shuning uchun ham sho‘rvaning ijobiy va salbiy tomonlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish vaqti keladi.
Foto: Getty ImagesIssiq tutadi
Qish mavsumida barcha issiq taom tanovul qilishni yaxshi ko‘radi. Va bunday vaqtda sho‘rvadan ko‘ra yoqimliroq taom topilmaydi. To‘g‘ri, choylar ham issiq, lekin ular to‘qlik hissini bermaydi. Sho‘rva organizmni juda tez isitadi, ayniqsa, unga qalampir, zanjabil va dolchinlar qo‘shilsa.
Ozishda yordam beradi
Bir necha mustaqil tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muntazam sho‘rva iste’mol qiluvchilar sog‘lom tana massa indeksiga ega. Buning sababi shundaki, birinchisiga sho‘rva tanovul qilish, ikkinchi taomni kamroq iste’mol qilishga undaydi. Ammo qaymoq va pishloqdan tayyorlangan sho‘rvalar shu qadar kaloriyaga boyki, bu bilan ortiqcha vazndan qutulishning imkoni bo‘lmaydi.
Vitaminlarning ajoyib manbayi
Mutaxassislar kuniga kamida 5 ta meva yoki sabzavot iste’mol qilishni maslahat beradi. Afsuski, bunga rioya qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo sho‘rva orqali uning tarkibidagi vitamin, tola va antioksidantlarning qismini osongina qabul qilish imkoniyati mavjud. Axir sho‘rvaga har qanday foydali mahsulotni qo‘shish mumkin: brokollidan tortib, no‘xat, ko‘kat va karamgacha. Bu kabi sho‘rvalar mukammal oziqaviy moddalarni beradi va ozishda muhim rol o‘ynaydi.
Qarish jarayonining oldini oladi
Qish mavsumida tana ko‘proq suyuqlikka moyil bo‘ladi. Uning yetishmasligi natijasida sovuq mavsumda insonlar xuddi qarigandek tuyiladi. Bu borada sho‘rva, albatta, davolovchi vosita emas. Ammo foydali suyuqlik manbayi sifatida juda yaxshi variant.
Oson va tez tayyorlanadi
Har qanday retseptni soddalashtirish va tezroq tayyorlash mumkin. Aslida, bu hech qanday kuch talab etmaydi. Uyda bor masalliq bilan ham ajoyib sho‘rva tayyorlay bilish kerak. Shunchaki mahsulotlar bir necha soat davomida qaynatilsa, kifoya.
Ro‘zg‘orbop taom
Bir qozon sho‘rva bilan butun oilaning qornini to‘ydirish mumkin. Masalliqlar ham unchalik ko‘p pul talab etmaydi. Shuningdek, sho‘rvaga solinadigan har qanday mahsulot mavsum tanlamaydi. Ularni yilning har qaysi faslida savdo do‘konlaridan xarid qilish mumkin.
Holatni yaxshilaydi
Sho‘rva tanani tinchlantirish xususiyatiga ega. Shuningdek, immunitet tizmini jonlantiradi. Nafas yo‘llarining yallig‘lanish jarayonini yaxshilaydi va turli xil infeksiyalarni yengishga yordam beradi.
Ammo asosan solyanka eng zararli sho‘rva deb tan olingan. Haddan tashqari yog‘, xolesterin, tuz — bularning hammasi ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi. Mutaxassislar yog‘li va go‘shtli sho‘rvalardan voz kechishni maslahat beradi. Ayniqsa, xolesterin miqdori yuqori bo‘lganlar uchun. Qo‘ziqorinli sho‘rvaga ham ehtiyot bo‘lish kerak. U oshoqozon-ichak traktini rag‘batlantiradigan juda ko‘p moddalarni o‘z ichiga oladi. Agar u yallig‘langan holatda bo‘lsa, haddan tashqari stimulyatsiya ichak infeksiyasining zararini oshiradi. Sabzavotli sho‘rvalar esa eng foydali taomlar sirasiga kiradi. Shuning uchun har kuni vitaminlarga boy sho‘rva iste’mol qilishni kanda qilmaslik zarur.
Manba