Salomatlik Salomatlik Teri yoshligi va go‘zalligini ta’minlaydigan D vitamini bilan bog‘liq yanglish fikrlar

Teri yoshligi va go‘zalligini ta’minlaydigan D vitamini bilan bog‘liq yanglish fikrlar

O'qildi: 246


Teri yoshligi va go‘zalligini ta’minlaydigan D vitamini bilan bog‘liq yanglish fikrlar

Marie Claire nashri D vitamini haqiqatan ham organizm uchun juda zarurmi va terining yoshligi hamda go‘zalligini xavf ostiga qo‘ymasdan kerakli miqdorda olish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqladi.

Foto: Marie Claire

Hamisha ham pediatrlar raxit va boshqa muammolardan qochish uchun bolalarga D vitamini berishni tavsiya qilishgan. Ammo avval dunyo ultrabinafsha nurlarining zararidan dahshatga tushmagan. Bugun esa insonlar ko‘proq narsani biladi va endi avvalgidek beparvo bo‘lmaydi.

D vitamini terining holatiga ta’sir qilmaydi

Unday emas. D vitamini asosan ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida sintezlanadi. To‘qimalarning qarishi bu jarayonning o‘zida 75 foizga kamayishiga olib keladi. Bu yaxshi emas, chunki vitaminning optimal darajalari terining mustahkamligini yaxshilashga yordam beradi, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, terining sog‘lom porlashini kuchaytiradi va ajinlar bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, u to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini bostirish uchun muhim bo‘lgan omillarni rag‘batlantiradi.

Sizga kerak bo‘lgan hamma narsani olish uchun quyoshda bir necha daqiqa yurish kifoya qiladi

Afsuski yo‘q. Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitamini miqdorini olish uchun haftada bir marta quyoshda taxminan bir soat vaqt o‘tkazish kerak. Gap shundaki, 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun zarur bo‘lgan sutkalik doza 600 IU ni tashkil qiladi.

Barcha vitaminlarni mahsulotlardan olish mumkin

Iste’mol qilinadigan mahsulotlar organizm uchun juda muhim, ammo u har doim ham ehtiyojlarni to‘liq qondirmaydi. D vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlar miqdori yetarli darajada ko‘p emas — yog‘li baliq, jigar, mol go‘shti. Shuningdek, ularni doimiy va ko‘p iste’mol qilish juda muammoli. Ba’zi diyetologlar kuniga bir marta sut mahsulotlarini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shuning uchun parhez qo‘shimchalariga e’tibor berish juda o‘rinli.

Qarishga kurashish uchun teriga faqat antioksidantlar kerak

D vitamini to‘liq antioksidant bo‘lib, ultrabinafsha nurlar ta’sirida to‘qimalarda lipid oksidlanish jarayonini kamaytiradi va hujayra membranalarini yo‘q qilishdan himoya qiladi.

Kosmetikada D vitamini kam uchraydi

U kosmetologiyada faol qo‘llaniladi. D vitaminlarining butun guruhi ishlatilmaydi, lekin asosan faqat faol modda bo‘lgan kalsiferol(D3)ishlatiladi. Ba’zida moddaning sun’iy shakllari qo‘llaniladi. Ular organizm tomonidan tabiiy ravishda ishlab chiqarilgan yoki oziq-ovqat yoki parhez qo‘shimchalari shaklida olingan vitamin ta’sirini kuchaytiradi.

Mavzuga doir:

  • Bahor mavsumida bolalar organizmi uchun qanday vitaminlar kerak?
  • Xavfli tanqislik: qaysi vitaminlar yetishmasligi terining erta qarishiga olib keladi?
  • Tarkibida apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini bo‘lgan 7 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.