Tarkibida apelsindan ko‘ra ko‘proq C vitamini bo‘lgan 7 ta mahsulot
Sog‘lom bo‘lish uchun, hozirgi tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, katta yoshli erkaklar C vitaminini kuniga kamida 90 mg miqdorda olishi kerak. Ayollarda esa bu ko‘rsatkich 75 mg ni tashkil qiladi. Shuningdek, homilador va kichik yoshdagi farzandi bor onalarda kunlik miqdor 35-45 mg ga oshiriladi.
Foto: LifehackerInson tanasi askorbin kislotasini sintez qila olmaydi va saqlay olmaydi. Shuning uchun uni tashqaridan qabul qilish juda muhimdir. Masalan, oziq-ovqatlar bilan. Shifokorlar odatda vitaminlarni olishning bu usulini eng sog‘lom va samarali deb hisoblashadi.
Namatak
Foto: LifehackerNamatakning taxminan 6 ta yangi o‘rta o‘lchamdagi mevasi 119 mg C vitaminini o‘z ichiga oladi. Bu talab qilinadigan kunlik me’yordan kamida 30 foiz ko‘proq. To‘g‘ri, bunday miqdorda foydali moddalarni olish uchun namatakni xom holda iste’mol qilish kerak. Agar rezavorlar ustiga qaynoq suv quyilsa, ular tarkibidagi askorbin kislotasi 30 foizgacha yo‘qolishi mumkin.
Chili qalampiri
Foto: LifehackerAchchiq va foydali mahsulotlarni yoqtiradiganlar yashil chili qalampirini tanlashi mumkin. Og‘irligi taxminan 45 gramm bo‘lgan bitta o‘rta kattalikdagi qalampirda 109 mg vitamin C mavjud.
Qalampirda C vitaminidan tashqari yana bir qancha foydali moddalar bor. Chiliga o‘ziga xos achchiq ta’m beradigan kapsaitsin moddasi turli xil kelib chiqadigan og‘riqlarni kamaytirishga yordam beradi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Qalampir iste’mol qilish esa metabolizmni yaxshilaydi va yog‘ erishini tezlashtiradi.
Sariq bulg‘ori
Foto: Lifehacker100 gramm sariq bulg‘orini iste’mol qilish kifoya va bu bir kunlik me’yorning ikki baravariga to‘g‘ri keladi. Yorqin qizil bulg‘orida askorbin kislotasi biroz kamroq, ya’ni 100 gramm mahsulot uchun 128 mg. Biroq, bu ham organizmni askorbin kislotasi bilan to‘liq ta’minlash uchun yetarli.
Timyan
Foto: LifehackerMiqdor bo‘yicha timyan apelsinga qaraganda 3 baravar ko‘proq C vitaminini o‘z ichiga oladi. Albatta, timyanni ko‘p miqdorda iste’mol qilish qiyin. Ammo salatga 1-2 osh qoshiq sepish ham 7 mg gacha askorbin kislota beradi.
Petrushka
Foto: LifehackerBu ko‘katning 100 grammida 130 mgdan ortiq C vitamini mavjud. Kundalik askorbin kislota iste’molining kamida 10 foizi uchun salat yoki sho‘rva ustiga petrushka sepish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, boshqa bargli ko‘katlar kabi temirning ajoyib manbai hisoblanadi.
Guava
Foto: LifehackerPushti rangli ekzotik meva apelsin va boshqa har qanday sitrus mevalariga qaraganda 4-5 baravar ko‘proq C vitaminini o‘z ichiga oladi. Mevaning 100 grammida 228 mg C vitamin mavjud.
Mavzuga doir:
- Baxt gormoni: qanday mahsulotlar serotonin miqdorini oshiradi?
- Qonda shakar miqdorini pasaytirishga yordam beradigan 5 ta mahsulot
- D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?
- Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
Manba