Har qanday yoshda xotirani mustahkamlovchi 8 ta tabiiy mahsulot
Xotiraning sustlashishi — qarish jarayoni boshlanganining eng birinchi belgisidir. Ko‘pincha bu belgi 30 yoshgacha paydo bo‘ladi. Cosmopolitan aynan shu masalada mutaxassislardan javob oldi.
Foto: Cosmopolitan2011—2015-yillar davomida 58-98 yoshli insonlar orasida tadqiqot olib borildi. Ularga turli xil savollar berildi, parhezi kuzatildi va shu orqali xotira sinovi o‘tkazildi.
Tadqiqotda haftada bir marotaba fastfud yeguliklari, go‘sht kun ora va undan ham kamroq, shirinlik haftada 5 marta va undan ham kamroq iste’mol qilgan insonlar yaxshi natija ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ular sariyog‘ va margarin iste’molini kamaytirgan. Asosan zaytun yog‘idan foydalangan. Demak, salomatlikni asrash uchun nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki keraksizlarini chiqarib tashlash lozim.
Rezavorlar
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 2 marta
Me’yori: 150 gr
Qulupnay, malina — har qanday rezavorlar tavsiya etiladi. Ular antioksidantlarga boy bo‘lib, nafaqat xotira, balki butun tanaga foydali hisoblanadi.
Ko‘kat va karam
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: har kuni
Me’yori: 50 gr
Salat bargi, ukrop, maydanoz(petrushka), qalampir — folat kislotalariga boy hamda demensiya xavfini kamaytiradi. Ma’lumot uchun, demensiya kasalligiga chalingan insonlarda aql-zakovati uchun xos bo‘lgan barcha ruhiy funksiyalar sustlashib boradi. Xotiraning barcha turlari — eshitish, ko‘rish va harakat xotiralari buziladi. Masalan, biror gapni gapirayotib ham unutib qo‘yish mumkin. Demensiyani qisqacha qilib “tafakkur buzilishi” deyishadi. Brokkoli va brussel esa organizmga toksinlarni chiqarib yuborishda yordam beradi.
Don mahsulotlari
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 3 marta
Me’yori: 100 gr
Fasol, loviya, no‘xat va mosh oqsillarga boy bo‘lib, kognitiv ish faoliyatini yaxshilaydi.
Non mahsulotlari
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 3-4 marta
Me’yori: 100-150 gr makaron yoki bo‘tqa, 2 bo‘lak non
Shifokorlar modda almashinuvi uchun zararli bo‘lgan guruch, makaron mahsulotlari tarkibida bo‘luvchi oddiy uglevodlarni qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi.
Kurka va tovuq go‘shti
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 2-3 marta
Me’yori: 150 gr
Yog‘li go‘sht o‘rniga juda yaxshi o‘ribosar. Yog‘ga kam to‘yingan, lekin oqsilga boy.
Baliq go‘shti
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 2 marta
Me’yori: 100-150 gr
Baliq tarkibida omega-3 yog‘ kislotasi mavjud, bu esa alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.
Yong‘oqlar
Foto: CosmopolitanTavsiya etiladi: haftada 5 marta
Me’yori: 30 gr
Har qanday yong‘oq va yong‘oq yog‘i(shakari kam bo‘lishiga qarang)ham foydali, yong‘oq polifenolaga boy, demensiya kasalligining oldini oladi.
Zaytun yog‘i
Foto: CosmopolitanUni har qanday yog‘ning o‘rniga ishlatish kerak, ayniqsa qovurma taomlarda. Ulardan “Extra virgin” nomi ostidagisidan foydalangan afzal.
Mavzuga doir:
- Qonni tozalashga yordam beruvchi mahsulot hamda tabiiy ichimliklar
- Kamqonlikda yordam beradigan mahsulotlar
Manba