Salomatlik Goʼzallik Go‘zal hamda yosh ko‘rinishning siri: tabiiy kollagenni o‘z ichiga olgan 9 ta mahsulot

Go‘zal hamda yosh ko‘rinishning siri: tabiiy kollagenni o‘z ichiga olgan 9 ta mahsulot

O'qildi: 396


Go‘zal hamda yosh ko‘rinishning siri: tabiiy kollagenni o‘z ichiga olgan 9 ta mahsulot

Kollagen – yosh ko‘rinish va terining elastikligi uchun mas’ul bo‘lgan hujayralarning asosidir, shuningdek, tirnoqlarning mustahkamligi va soch salomatligi uchun ham muhim. Yoshi o‘tishi bilan organizmda kollagen miqdori kamayib boradi va uning tabiiy muvozanatini tiklash juda qiyin. Shuning uchun organizmdagi tarkibni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: Pinterest

Go‘sht

Kollagen oqsil bo‘lib, uning tarkibini ta’minlash uchun tana uni kerakli mahsulotlardan oladi. Tovuq, kurka va mol go‘shti tanadagi kollagen darajasini oshirishga hamda teri, soch va tirnoqlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Yashil no‘xat

Bu sabzavot oqsil tarkibi bo‘yicha haqiqiy chempiondir – uning har bir porsiyasida 8 gramm oqsil bor. Shuningdek, ular ichak salomatligi va faol metabolizm uchun zarur bo‘lgan kletchatkaga boy.

Bulg‘ori qalampiri

Ushbu sabzavot antioksidantlarga, shuningdek, kollagen ishlab chiqarishda faol ishtirok etadigan C vitaminiga boy. Bulg‘ori qalampirini muntazam ravishda iste’mol qilish terining yoshligini saqlashga yordam beradi va ajinlar kabi qarishning ilk belgilari bilan kurashadi.

Sabzi

Kollagen ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan A vitamini sabzi tarkibida ko‘p. Ammo organizm tomonidan so‘rilishi uchun uni zaytun yoki kungaboqar yog‘i kabi to‘yinmagan yog‘lar bilan iste’mol qilish kerak.

Ismaloq va karam

Bu sabzavotlar A, C vitaminlari va ruxga boy bo‘lib, ular tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Hech bo‘lmaganda har kuni bu sabzavotlardan tayyorlangan salatni iste’mol qilish lozim. Bu teri va sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Chia

Bu mayda, ammo foydali urug‘lar kollagen hosil qilish uchun zarur bo‘lgan oqsilga boy. Shuningdek, yogurt yoki salatlarga chia qo‘shish ham foydali, ham mazali. Bundan tashqari, chia ichaklar faoliyatini yaxshilash uchun muhim hisoblanadi.

O‘riklar

Bu mevalar tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan A vitaminini o‘z ichiga oladi. Vitamin nafaqat yangi o‘riklarda, balki uning turshagida ham mavjud. Shuning uchun uni, masalan, ertalabki jo‘xori uniga yoki o‘zini iste’mol qilish teri uchun foydali.

Yong‘oq

Yong‘oq mahsulotlari sog‘lom metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydi, oshqozon-ichak traktining faoliyatini me’yorga keltiradi va tabiiy kollagen ishlab chiqarishni ham rag‘batlantiradi. Yong‘oq tarkibida A va C vitaminlari, shuningdek, rux mavjud. Bundan tashqari, yong‘oq B vitaminiga boy bo‘lib, u terining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Bulyon

Parranda yoki mol go‘shtining suyaklari asosida tayyorlangan bulyon, albatta, muntazam ravishda iste’mol qilinishi kerak. Bundan tashqari, yoshi kattalar bu kabi bulyonlarni ratsionga kiritishi shart, chunki oqsil, kalsiy va tabiiy kollagenning manbaidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.