Kosmetika sumkachasidagi juda kerakli kundalik buyumlar
Kundalik pardoz uchun unchalik ko‘p kosmetik vositalar kerak bo‘lmaydi. Kosmetika sumkachasida 5 xil vosita bo‘lishining o‘zi yetarli.
Foto: “Wclub.ru”1.BB krem. Bu krem tarkibida teri uchun hamma vazifalarni bajaruvchi mahsulotlar umumlashtirilgan.
2. Qoshlar uchun qalam. Qoshlaringiz yetarlicha qalin bo‘lsa ham, ularni sal bo‘yash va ixcham shakl berish zarar qilmaydi.
3. Kipriklar uchun tush. Abadiy klassika – oddiygina tush sizning ko‘zlaringizni kattaroq, qarashingizni yorqin va qiyofangizni jozibali qilishi ajablanarli hol.
4. Lab bo‘yog‘i. Agar lablaringiz rangi va tuzilishi tabiiy xushbichim bo‘lsa, faqat gigiyenik lab bo‘yog‘ini olib yursangiz bo‘ladi.
5. Zich upa. U ko‘p joy egallamaydi, lekin kun davomida terining yaltirashini yo‘qotadi va pardozingizni yangilab turadi.
Manba