Yosh va jozibali ko‘rsatadi: Sochni kare uzunligida kestirish uchun 7 sabab
Har qaysi davrda turli ko‘rinishga ega bo‘lgan soch turmaklari urfda bo‘lgan. Ammo bugunga kelib hammasi boshqacha. Aynan muayyan bir uzunlik emas, yuz shakli, qomat va fe’l-atvorga muvofiq tanlangan soch turmagi dolzarb. Misr malikasi Kleopatraning o‘ziga xos ko‘rinishiga sabab bo‘lgan kare uzunligiidagi soch turmagi yosh ko‘rsatish bilan birga, band va ortiqcha vaqti yo‘q nozik jins vakillari uchun qulay hamdir.
Zamonaviy ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi
Foto: “Domashniy Ochag”Moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan hisoblangan 70 yashar Anna Vinturning sochi 14 yoshidan buyon kare. Vogue jurnali bosh muharririning ushbu soch turmagi bilan qora ko‘zoynagi o‘ziga xos obraz egasi bo‘lib ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Vinturning qoshigacha qalin va tekis chyolkasi bor va sochining uzunligi iyaklariga tushib turadi.
Top-modellar tanlovi
Foto: “Domashniy Ochag”Bugungi kunning eng mashhur modellari Bella Xadid, Xeyli Biber, Kendall Jenner, Irina Sheyk va Kara Delevin ham kare uzunligidagi soch turmagini ma’qul biladi. Ular yuzni ozg‘in va ixcham ko‘rsatgani sabab ham sochini iyakdan biroz tushib turadigan uzunlikda kare qilib kestiradi.
Yosh ko‘rsatadi
Foto: “Domashniy Ochag”Kareni yosh ko‘rsatishiga 51 yashar aktrisa Keyt Blanshet misol bo‘la oladi. U vaqti-vaqti bilan kestirib, sochining yon qismidan farq ochishni xush ko‘radi.
Foto: “Domashniy Ochag”46 yashar Sara Polson esa yanoqlariga urg‘u berish uchun tekisligi bir xilda bo‘lgan kareni tanlaydi.
Turmaklash oson
Foto: “Domashniy Ochag”Karening yana bir abzalligi ortiqcha parvarish va vaqt sarflashga hojat yo‘qligida. Uni yuvish va quritish uzun sochdan ancha oson hamda tez. Qolaversa, nomiga jingalak qilish ham mumkin, bu borada Jeyn Fondadan ilhomlansa bo‘ladi.
Jozibali ko‘rsatadi
Foto: “Domashniy Ochag”Aktrisa Sofi Marko boshqa fransuz yulduzlari singari chyolka bilan kare uzunligidagi soch turmagini abzal biladi. Bunday variant keng peshonani yopib, ajinlarni yashiradi. Chyolkani qalin, orasi ochiq hamda turli uzunligidagisini tanlash mumkin.
Obrazni yangilaydi
Foto: “Domashniy Ochag”Uzun sochli qiz va ayollarning yuz tuzilishiga mos ravishda sochini kare qilib kestirishi obrazni yangi va o‘zgacha ko‘rsatadi.
Sochning uchi “gullamaydi”
Foto: “Domashniy Ochag”Turmakning tartibsiz ko‘rinishiga ko‘p hollarda soch uchining “gullab” ketgani sabab bo‘ladi. Kare esa bu muammoga yechim bo‘lishi mumkin. Obraz zerikarli bo‘lmasligi uchun turli aksessuar va zakolkalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu borada Gollivud yulduzi Margo Robbidan o‘rnak olish mumkin.
Manba