Qiyshiq tishlar, qalin qoshlar: Osiyo mamlakatlariga xos go‘zallik standartlari
Jurnal muqovalari va moda chiqishlarida ko‘z-ko‘z qilinadigan go‘zallikning dunyo standartlari bor ekaniga qaramay, har bir xalq va millatning maftunkorlik va ayollarga xos nazokat bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar, urf-odat hamda an’analari bo‘ladi.
Tojikiston — qalin qoshlar
Foto: AdMeDunyoning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ayollar mukammal shaklga ega bo‘lishi uchun qoshlarini terishi, voskdan foydalanishi mumkin. Tojikistonda esa tabiiy qalin qoshlar go‘zallikning an’anaviy ramzi hisoblanadi. Tabiatning bunday in’omidan bebahra qolgan xotin-qizlar esa ushbu muammoga yechim topish uchun qoshlariga o‘sma surtishni kanda qolmaydi. Ba’zida esa hatto ko‘zga yaxshiroq tashlanishi uchun qoshlar o‘rtasi bilan ham bo‘yalishi mumkin.
Hindi-Xitoy — Uzun bo‘yin
Foto: AdMeUzun bo‘yinlar padaung ayollariga xos sanaladi. Kimlardir azaldan mazkur qabila xotin-qizlari shu tariqa qullikdan himoyalanganiga ishonsa, boshqalar ayollarning uzun bo‘yinlari, mahalliy folklorda katta rol o‘ynaydigan ajdarholar bilan “identifikatsiya”si uchun kerak deb hisoblaydi. Qizlar besh yoshidan bo‘yniga aylana shaklidagi taqinchoq taqadi, ulg‘aygani sayin esa yangisi qo‘shilib boraveradi.
Indoneziya — tekislangan tishlar
Foto: AdMeBali aholisi uchun tishlarni tekislatib yurish an’anaviy odat hisoblanadi. Ushbu muolaja “yovuz ruhlarni haydash” uchun asosan o‘smirlarda o‘tkaziladi. Indoneziyada kamolga yetgandan dalolat beruvchi ushbu jarayondan keyin yoshlar to‘y marosimiga taraddudni boshlab yuboradi. Avvalgidek keng tarqalgan odat emasligiga qaramay, Balining ayrim fuqarolari hatto mamlakatidan uzoq yashagan taqdirda ham unga amal qilishda davom etadi.
Janubiy Koreya — yuzning konturli plastikasi
Foto: AdMeJanubiy Koreya yuzning plastik jarrohlik amaliyoti qilinish soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Yuz konturining o‘zgartirilishi ushbu mamlakatdagi eng mashhur jarrohlik amaliyotlarining uchtaligidan o‘rin olgan. Turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga qaramay, koreyalik ayollar yuzlari qo‘g‘irchoqnikidek ko‘rinishi uchun yonoq va iyaklariga urg‘u berishni kanda qilmaydi.
Yaponiya — qiyshiq tishlar
Foto: AdMeDunyoning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ayollar tishlarini tekislatish uchun ko‘plab mablag‘ sarflashi mumkin, ammo Yaponiyada hammasi boshqacha. Yaeba — “qo‘shaloq tish” deb ataluvchi tendensiyaga ko‘ra, tish shifokorlari yuqori tishlarga vaqtinchalik plastik qoplamalarni o‘rnatadi va natijada tishlar notekis ko‘rinadi. Ushbu mashhur muolaja ayollarni yosh ko‘rinishiga hissa qo‘shgani uchun ham yapon ayollari orasida mashhur hisoblanadi.
Yaponiya — qora tishlar
Foto: AdMeYaponlarning odatlariga xos hisoblangan oxaguro(tishlarni qoraytirish)uchun tishlar temirdan tayyorlanadigan qora suyuqlik bilan bo‘yaladi. Bugungi kunda hech kim bunday qilmasligiga qaramay, Yaponiyada avval qora tishlar chiroyli hisoblangan. Oxaguroni, asosan, aslzodalar qildirgan bo‘lib, bu qizlarning turmush qurishga tayyorligidan darak bergan.
Eron — burun bog‘lami
Foto: AdMeRinoplastikaning mashhur ekani sabab Eron “burun plastikasi poytaxti” deb ataladi. Eronlik ayollar boshdan oyoq yopiq kiyingani uchun yuziga o‘zgartirish kiritishning shaydosi deb hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotida keyin qo‘yiladigan bintli plastirning “faxriy bog‘lam” degan o‘z nomi bor hatto. Ayollar uni yashirishga urinmaydi, aksincha yaqindagina rinoplastika qildirganini ko‘z-ko‘z qiladi. Ulardan ayrimlari o‘zlarining shunday jarrohlik amaliyotiga qurbi yetarli ekanini isbotlash uchun ham uzoq vaqt davomida bog‘lamni yechmay yuradi
Manba