Muammoli yuz terisi uchun 11 ta eng yaxshi upa vositasi (foto)
Yuzdagi husnbuzar, qizarish va mayda toshmalarni nafaqat tonal kremlari, balki upa vositasi ham yashira olish imkoniyatiga ega. Faqatgina ularni qanday yuz terisiga mos kelganini tanlay bilish lozim.
Foto: CosmopolitanLe Teint Ultra Tenue, Chanel
Foto: CosmopolitanEng sifatli va talabgir upalar qatorida Le Teint 15 xil rangda ishlab chiqarildi. Tarkibida tiklovchi xususiyatlar uchun mas’ul bo‘lgan sink va polisaxaridning zarralari mavjud. Shuningdek, issiq kunlarda yuz terisi yaltirashini berkitadi va yuzga o‘zgacha yorqinlik baxsh etadi.
Matissime Velvet, Givenchy
Foto: CosmopolitanUshbu kosmetik vosita tufayli yuz terisining terlashi va yog‘lanishini butunlay unutish mumkin. Bundan tashqari, kompozitsiyaga kiritilgan mikrosferalar mayda ajinlarni yashiradi, teshiklarning ko‘rinishini yaxshilaydi, qizarishni neytrallashtiradi, terining tuzilishini ko‘rinadigan darajada yaxshilaydi. Shuningdek, upa tarkibida quyoshdan himoyalovchi SPF 20 ham mavjud.
0,09 Au Ginseng, Emborian
Foto: Cosmopolitan
Ushbu ixcham upa har qanday ayolning yordamchisiga aylanishi tabiiy. Upa yuzdagi toshmalarni yashiradi, yuz terisini ipakdek mayinlashtiradi. Sababi tarkibida jenshen ekstrakti mavjud.
Absence Oil Control Primer, jane iredale
Foto: CosmopolitanUmuman olganda bu upa emas, balki tonal kremdan oldin foydalanish kerak bo‘lgan praymer. Shuningdek, ushbu vosita husnbuzarli har qanday yuz terisi uchun mos keladi. Mahsulot har qanday muammosi bor yuzni osongina niqoblaydi. Yog‘ bezlarini faol boshqaradi, tashqi ta’sirlardan himoya qiladi.
Kit Pores & Matite, Clarins
Foto: CosmopolitanBu salfetkalardan tashkil topgan yagona upa. Ular kerakli joyda yuzning yog‘lanishidan xalos etadi. Shaffof upa kattalashgan yuz teshiklarini niqoblaydi, teri tuzilishini yaxshilaydi. Shuning uchun ushbu kosmetik vositani yon sumkada olib yurish tavsiya etiladi.
Alliance Perfect True Match, L’Orea’l Paris
Foto: CosmopolitanTrue Match upasi nafaqat tashqi nuqsonlarni olib tashlaydi, balki terini ham ranggini ham yaxshilaydi. Ushbu vositadan foydalanish go‘yoki bir o‘q bilan ikki quyonni urishga o‘xshaydi. Sababi mahsulot ham kosmetik ta’sirga ega, ham shifobaxsh xususiyatga ega.
Creme Puff Pressed Powder, Max Factor
Foto: CosmopolitanMax Factor kompaniyasining ushbu klassik ixcham upasi uzoq vaqtdan beri brendning eng yaxshi mahsuloti bo‘lib kelgan. Vosita terini mukammal ko‘rinishga olib keladigan zarrachalar bilan boyitilgan. Bundan tashqari, teri elastikligi oshadi.
Healthy Mix Powder, Bourjois
Foto: CosmopolitanFransiyaning mazkur brend mahsuloti endi yanada zamonaviy ko‘rinishga ega. Upaning vazifalari husnbuzarlarni yashirish, terini namlantirish, yog‘lanishning oldini olish va yuzni mukammal darajada yaxshilashdan iborat.
Super Stay 24, Maybelline, Nyu-York
Foto: CosmopolitanSuper Stay 24 upasi kun davaomida makiyajni mukammal darajada saqlash xususiyatiga ega. Shuningdek, terining yog‘ ajratishini kamaytiradi, teri holatini ortiqcha yaltirashlarsiz yaxshi saqlaydi.
Selection Psychotropical, L’Etoile
Foto: CosmopolitanUshbu mahsulot tarkibida teriga yaxshi singuvchi, tabiiy yorqinligini saqlaydigan moddalardan iborat. Shuningdek, yuz terisiga zarar keltiruvchi konservantlar mavjud emas.
Manba