Salomatlik Goʼzallik Makiyaj yordamida yosharish mumkinmi?

Makiyaj yordamida yosharish mumkinmi?

O'qildi: 373


Makiyaj yordamida yosharish mumkinmi?

Bir nechta hiylalar yordamida kamida bir-ikki yilga yosharish mumkin. Mohir qo‘llar yordamida esa yanada ko‘proq yilga yosharish mumkin, bu haqda maqolada o‘qib bilib oling.

Foto: “Tiensmed.ru”
  1. Kipriklaringizga urg‘u bering
Yosh o‘tavergan sari kipriklar yupqalashib va siyraklashib qoladi, bu esa nigohni o‘zgartiradi. Vizual ravishda “ko‘zlarni ochish” uchun ikki xil usul bor. Birinchidan, kipriklar oralig‘idagi bo‘shliqni qora podvodka bilan to‘ldirish mumkin. Ehtiyotkorlik bilan, qovoqning harakatlanadigan qismiga chiqmasdan turib chizing. Ortiqcha chizilib ketgan qismini paxta yordamida o‘chirish mumkin. Ikkinchidan, kiprikni qayiruvchi qisqichdan foydalanish endi siz uchun ortiqcha zeb-ziynat emas, balki zaruratga aylanadi, uni hajm beruvchi tush bilan birga qo‘llash kerak bo‘ladi.
  1. Soyalarni tekislang
Tortishish kuchini o‘zgartirib bo‘lmaydi — 35 yoshdan keyin yuz ovalidagi yaqqol o‘zgarishlarni sezishingiz amri mahol, ammo yuzda sezilarli ajinlar bo‘lmasa-da, to‘satdan soyalar paydo bo‘ladi. Odatda burun va labni birlashtiruvchi burmalar, ko‘zning ichki burchagida pastga o‘tadigan “ko‘z yoshi egati” eng muammoli hududlarga aylanadi. Parvarish bilan bog‘liq profilaktika choralari(masalan, yuz gimnastikasi va massaj ancha sezilarli muammolarni biroz kechiktirishda yordam beradi)dan tashqari, makiyaj uchun vositalar to‘plamiga mos tushuvchi xaylayter qo‘shish va ushbu hududlarni “yorug‘roq qilib”, soyalarni tekislash kerak.
  1. Labga hajm bering
Lab yosh kattalashgan sari juda sekinlik bilan o‘zgaradi, farqni o‘zingiz 17 yoshligingizda tushgan suratni diqqat bilan kuzatib sezish mumkin. Shunisi hayratlanarliki, lab atigi bir necha millimetrga kichraygan bo‘lsa-da, bu yuz ifodasidan kelib chiqadigan umumiy taassurotni butunlay o‘zgartiradi — yupqa lablar yuzni dag‘alroq ko‘rinishga keltiradi. Muammoni bartaraf etish uchun sut rangidagi sadaf qalam yoki xaylayter upa va ingichka mo‘yqalam kerak bo‘ladi: ustki va pastki labning markaziy qismlariga jilo bering va yaxshilab ishqalang.
  1. Upa o‘rniga tonal kremdan foydalaning
Mutlaqo ko‘pchilik ayollarda yosh o‘tgan sari teri quruqlashib boradi: bu organizmda sodir bo‘ladigan gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu upa o‘rniga kremli teksturalarni afzal ko‘rishning birinchi sababidir: ular bunday teriga ancha yaxshiroq suriladi. Ikkinchi sabab — upa bungacha ko‘zga tashlanmay turgan ajinlarga kirib qolib, ularni bor bo‘yicha namoyon qilishi mumkin. Agar siz makiyajni upasiz tasavvur eta olmasangiz, yarim shaffof teksturalarni tanlang.
  1. Qoshga urg‘u bering
Yuzni “yaratadi” deya ta’riflanadigan qoshlar ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Ayniqsa, qoshning tashqi qismi siyraklashib qoladi: agar qosh juda ingichka bo‘lsa, bu nigohni horg‘in va xira qilib qo‘yadi. Shu tufayli, qoshingiz tabiatan yaxshi shaklda bo‘lsa ham, ularga biroz urg‘u berish zarar qilmaydi. Qoshning o‘rta qismi, qayrilgan joyi eng to‘q hudud bo‘lishi kerak. Uning asosi esa eng och tusda bo‘lishi zarur, bu qoshga qaldirg‘och qanotidek “uchib” turganlik effektini beradi va haqiqatan ham yuzning shaklini bor bo‘yicha namoyon qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.