Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Ko‘z atrofi va bo‘yin terilari uchun qarishga qarshi kremlar — odatdagi voqealar bo‘lib qoldi, lekin tanamizning ikki sohasi go‘zalligi orqasidan quvish tufayli biz yoshimizni yaqqol namoyon qiluvchi tirsak va tizzalarimiz terisi to‘g‘risida butunlay unutib qo‘ydik.
Foto: DepositphotosYosh o‘tgan sayin tabiiy kollagen ishlab chiqarishning sekinlashishi ayniqsa terining shu sohalarida bilinib qoladi: ularning doimiy cho‘zilishi ajinlar paydo bo‘lishiga va teri salqishiga olib keladi.
Lekin umidsizlikka tushishga shoshilmang! Dermatologlar tomonidan uy sharoitida qo‘llaniladigan quyida keltirilgan oddiy usullar sizga tirsaklar va tizzalardagi terilar ko‘rinishini tiklashga yordam beradi.
Terini parvarishlovchi vositalarni kislotalar bilan almashtirib turing
Muammo: Yosh ulg‘aygan sari tirsak va tizzalar terisi yuzasida o‘lik hujayralar qatlami yig‘ilib qolishi sababli ular jonsiz va dag‘al ko‘rinib qoladi. Glikol kislotasi yelimsifat oqsillarni suyultirishga yordam beradi. Muntazam ravishda bunday kislotalarni qo‘llash natijasida bu sohalar yumshoq, tekis va yoshroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.Tadbir rejasi: Modomiki bu sohalardagi dag‘allashgan teri nozik muomalaga muhtoj bo‘lmagani uchun siz tarkibida kislota miqdori 12 dan 20 foizgacha bo‘lgan alfagidroksikislot vositalarini tanlashingiz mumkin. Bu vositani kunora uxlashdan oldin suring. Agar 2 hafta davomida sizda bezovtalik paydo bo‘lmasa, uni har kuni qo‘llashingiz mumkin.
Namlantiruvchi vositangizni o‘zgartiring
Muammo: Agar siz tanangiz uchun foydalanadigan odatdagi losyon bukiladigan joylardagi o‘lik hujayralar qatlamini yumshata olmayotgan bo‘lsa, tarkibida mochevina, kuchli namlovchi, bir vaqtning o‘zida terini namlaydigan va oqsil qatlamlarini suyultiruvchi moddalar bo‘lgan vositalarni tanlang.Tadbir rejasi: Tarkibida 20-40% mochevinasi bo‘lgan losyonni 1-2 hafta davomida, bir kunda 2 marta suring.
Qoramtirlikdan qutuling
Muammo: doimiy ravishda ishqalanish va bo‘g‘imlarga bo‘lgan bosim — kompyuterda ishlash vaqtida tirsaklarni stol ustida ushlash, sport zallarida tizza ustidagi mashqlar — bu va bunga o‘xshash harakatlar giperpigmentatsiyaning rivojlanishiga olib keluvchi kuchsiz yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Natijada bu sohalar terisi qoramtir tusga kiradi. Odatda, bu qorayishlar 40 yoshdan keyin bilinadi.Tadbir rejasi: Teridagi qorayishlarni 1 foizli gidrokortizonni 2 hafta davomida, bir kunda 2 martadan surish yordamida ketkazish mumkin.
Ajinlar sonini kamaytiring
Muammo: vaqt o‘tishi bilan tananing boshqa sohalaridagi kabi tirsak va tizzalar terisi ham burishib qoladi. Kollagen ishlab chiqarishni yangi kuch bilan ishlashga majbur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kosmetik mahsulotlar — retinol, peptidlar va o‘sish faktorlari asta-sekinlik bilan bu sohalar terisiga oldingi kuch va taranglikni qaytaradi.Tadbir rejasi: Kollagen ishlab chiqarishga yordam beradigan vositalarni bir necha oy davomida surishga to‘g‘ri keladi, lekin natija kutilganidek bo‘ladi.
Mashqlar bajaring
Muammo: Mushak va suyak massalarining yo‘qolishi tirsak va tizzalar terisining osilib qolishiga olib keladi. Kuch ishlatib bajariladigan mashqlar mushaklar kuchini va hajmini saqlashga imkon beradi, bu esa teri osilib qolishiga barham berishga yordam beradi.Tadbir rejasi: Kuch ishlatiladigan mashqlarni bir haftada 2-3 marta bajarish 10 hafta ichida mushaklar massasining oshishi va suyaklar mustahkam bo‘lishi uchun yetarli bo‘ladi.
Manba: “Woman.ru”
Manba