Salomatlik Goʼzallik Ilk ajinlar paydo bo‘lganida yuz terisi parvarishida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar

Ilk ajinlar paydo bo‘lganida yuz terisi parvarishida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar

O'qildi: 349


Ilk ajinlar paydo bo‘lganida yuz terisi parvarishida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar

Ayollarning yuzida ajini ko‘paygani sari vahimasi ham shunga yarasha ortib boraveradi. Lekin bu qayg‘urishga arzimaydi, hamisha yosh ko‘rinishni xohlaydiganlar 30 yoshdan so‘ng yuz parvarishiga alohida e’tibor qaratsa bo‘lgani.

Pardoz-andoz, salomatlik, to‘g‘ri ovatlanish haqida juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ular, albatta, yoshlikda yaxshi natija berishi mumkin. Ammo qarilik belgilari sezila boshlaganda-chi?Cosmopolitan nashri mutaxassisdan ushbu savolga batafsil javob oldi.

Foto: Cosmopolitan

Yuzni qattiq tozalashdan voz keching

Hozirda tanadagi o‘lik hujayralardan qutulishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy yosharish usuli –pilingdan foydalanishingiz mumkin. Masalan, skrablar tarkibida mavjud qattiq moddalar qarish holatiga o‘tayotgan yuz terisini zararlaydi. Shuning uchun skrablardan foydalansangiz tarkibida yuzga botuvchi moddalarsiz vositalarni tanlang.

Kollagen miqdorini ko‘paytiruvchi krem tanlang

Yosh o‘tib borgan sari asosiy muammo  –  teri kollagen ishlab chiqarishda sustlashadi. Shuning uchun ham ajinlar paydo bo‘lmasligi uchun qarishga qarshi kremlardan foydalanish kerak, shundagina kollagen miqdori ortib, ajinlarni “haydash”ga yordam beradi. Oddiy namlantiruvchi “Quruq terilar uchun” yoki “Normal terilar uchun”  kremlari endi siz uchun emas, kollagen ishlab chiqaruvchi kremlar esa foyda keltirishi tabiiy.

Zardobdan foydalaning

Zardob – moddalarga to‘yingan mahsulot. Oddiy kremlardan farqli jihati shuki, u bir qancha faol moddalarni o‘z ichiga oladi. U haqiqiy foydali qismlarning kokteyli, ta’siri ham shunga yarasha. Agar undan sira ham foydalanmagan bo‘lsangiz, unda “taomnomangiz”ga qo‘shishning ayni vaqti.

Bo‘yin sohasini unutmang

Aytingchi, siz kremdan foydalanganingizda aynan qaysi joyga ko‘proq e’tibor qaratasiz?Faqat yuz va bo‘yinning tepa qismimi?Afsuski, ko‘pchilik ayollarning ham xatosi shunda. Ammo ayollar bo‘yinning pasti hamda ko‘ksi tekis va tarang bo‘lishini istaydi. Buning uchun parvarish borasida saxiy bo‘lmoq kerak. Yuz uchun qarishga qarshi foydalanayotgan kremdan aynan bo‘yin atrofiga ham surting. Chunki badan uchun mo‘ljallangan losyon hech qanday yoshartiruvchi xususiyatga ega emas.

Foto: Cosmopolitan

Limfotugunlarni uqalang

Umid qilamizki, qachonlardir yuzingizni kosmetologlarga ishonib topshirasiz va professional parvarishni unutmaysiz. Shuni ham yodda tuting, ayollar 35 yoshdan so‘ng har 6 oyda bir marotaba limfotugunlarni uqalatishi zarur. Shu orqali tanada qon aylanishi yaxshilanadi, terining elastikligi oshadi va organizmda qarish jarayoni sekinlashadi. Kundalik rejangizni ushbu tavsiyani ham kiritib qo‘ying, amal qilish esingizdan chiqmasin.

Foto: Cosmopolitan

Haftada ikki marotaba yuz uchun niqob tayyorlang

Siz faqat zarurat tug‘ilgandagina yuz uchun niqob tayyorlashga o‘rganib qolganmisiz?Unday bo‘lsa, bu ishingiz noto‘g‘ri. Aslida haftada bir marotaba yuzni niqob bilan oziqlantirish me’yor hisoblanadi. Masalan, A va E vitaminlari bilan oziqlantiruvchi niqob juda foydali, shuningdek, qarishga qarshi intensive niqobdan ham foydalaning. Tarkibida kollagen, elatstin, B vitaminlari va gialuron kislotasi borligiga ahamiyat bering.

Pardozni gidrofilik moy bilan tozalang

Yuz qismida eng nozik teri ko‘z atrofi hisoblanadi. Aynan ayollar pardozini yuvishda eng ko‘p zarar beradigan joy ham shu. Tush qoldiqlarini sovun bilan yuvib ketkazishga urinmang. Maxsus moylar bilan tozalang. Pardozni yuvishda gidrofilik moy, keyin esa iliq suvda yuving. Yana bir yaxshi variant – zardob. Uning tarkibida ham yog‘ mavjud, teri qurimaydi. Ajinlar paydo bo‘lishining sababi pardozni tozalashda teri qizarguncha ishqalayverishdir.

Foto: Cosmopolitan

Taomnomangizga sabzavot sharbatini qo‘shing

Haqiqiy go‘zallik – ichki go‘zallik ekanidan barchaning xabari bor. Terining yosh ko‘rinishiga yordam bermoqchi bo‘lgan ayollar eng avvalo, ishni taomnoma tuzishdan boshlashi kerak. Kundalik ovqatlarni tamoman emas, qisman o‘zgartirish, vitaminga boy kokteyl ichishingiz kerak bo‘ladi. Ko‘kat, yangi karam sharbati tarkibida elastiklikni saqlashga yordam beruvchi moddalar mavjud.

Qo‘llaringizga ahamiyat bering

Eng qizig‘i shundaki, ayol kishining yuzi qancha yosh ko‘rinsa-da, qo‘llar barchasini sotib qo‘yadi. Qo‘l terisini ham parvarish qilish uchun maxsus kremlardan foydalanish hamda ratsionni qaytadan tuzib chiqish zarur.

Mavzuga doir:

  • Yuz terisi parvarishi bo‘yicha ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri fikrlar
  • Mutaxassislardan sutni kosmetik vosita sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.