Yuzni parvarish qilishda dermatologlar tavsiya qilmaydigan 4 vosita
Yuz terisini tozalash, oziqlantirish, makiyajga tayyorlash kerakligi hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqat. Go‘zallik sanoati yangidan-yangi mahsulotlar yaratmoqda va har bir amalning muhimligini, yuzni parvarish qilish bosqichlarining birontasini qoldirib bo‘lmasligini tushuntirmoqda. Shuning uchun yuzimiz go‘zalligini saqlab qolish maqsadida biz ko‘plab vositalarni sotib olamiz.
Foto: “Zdorovoelico.com”Lekin Amerika dermatologlari sotuvga chiqarilgan mahsulotlarning hammasini ishlatmaslik kerak va bu vositalar teriga zarar berishi mumkin deb hisoblaydi.
Xush, kosmetologning maslahatisiz nimalar qilish mumkin emas?
- Kimyoviy pilinglar
Professional kosmetologlar piling amallarini o‘tkazish vaqtida teri o‘zgarishining chuqurligini juda oson boshqara oladi. Lekin uy sharoitida buni uddalash ancha qiyinroq.
- Lyufa
Muvofiq ravishda ular teri qoplamasiga tushib halokatli ta’sirini boshlaydi. Shu sababli tabiiy materiallardan tayyorlangan sponjlarning yaroqlilik muddati bor-yo‘g‘i 2—3 oydan iborat.
- Kollagenli namlovchi vositalar
“Men kollagen samarali ta’sir ko‘rsatishi uchun uning molekulalari haddan tashqari katta deb hisoblayman. Bu faol tarkibiy qism teriga singib ketmaydi, shuning uchun kollagenli vosita sotib olish bilan siz ancha qimmat namlovchi kremga ega bo‘lasiz”, — deydi Mayamidagi Teri instituti asoschisi va bosh direktori S. Manuela Jegazoti.
- Abraziv skrablar
Bu yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Dermatologlar bunday skrablarning o‘rniga yumshoq tozalovchi kremsimon vositalarni ishlatishni taklif qiladi.
Manba: “Zdorovoelico.com”
Manba