Salomatlik Goʼzallik Chiroyli sochlarning 5 dushmani

Chiroyli sochlarning 5 dushmani

O'qildi: 363


Chiroyli sochlarning 5 dushmani

Biz sochlarimizni o‘ramiz, to‘g‘nog‘ichlar qadaymiz, har xil ranglarga bo‘yaymiz — bularning hammasi sochlarga  foyda olib kelmaydi va har doim ularning tabiiy go‘zalligini xavf ostiga qo‘yadi.

Foto: “Woman.ru”

1. Xlor

Agar siz suzishni yaxshi ko‘rsangiz, sochlardagi xlordan qochib qutulib bo‘lmaydi. Mutaxassislarning ogohlantirishiga qaraganda, xlor sochlar va bosh terisini kerakli namlikdan mahrum qiladi. Sochlaringizni iloji boricha tez-tez xlor qoldiqlarini ketkazishga yordam beruvchi maxsus shampunlar bilan yuving. Yo‘qotilgan namlikni tiklashda sochlar uchun ozuqali niqoblar yoki yaxshi konditsioner yordam beradi.

2. Sun’iy hid beruvchilar

Mutaxassislar fikricha, sochlar uchun sun’iy hid beruvchilar qo‘shilgan vositalar tarkibida sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi ftalatlar mavjud bo‘ladi. Iloji boricha yoqimli hidlar tabiiy ekstraktlar va efir yog‘lari yordamida beriladigan vositalarni tanlashga harakat qiling.

3. Sintetik bo‘yoqlar

Sintetik bo‘yoqlar shampun, turmaklash vositalari va bo‘yoqlar kabi sochlar uchun ishlatiladigan vositalarda keng foydalaniladi. Ba’zi sintetik bo‘yoqlar neft mahsulotlari va qatrondan qilinishi mumkin, shuning uchun iloji boricha ulardan voz kechish kerak. Agar siz shunday bo‘lsa ham sochlaringizni bo‘yashga qaror qilgan bo‘lsangiz, bo‘yoq bosh terisiga kamroq tegishi uchun yaxshisi alohida soch tutamlarining rangini o‘zgartirganingiz ma’qul.

4. Ho‘l sochlardagi rezinkalar

Stilistlarning ta’kidlashicha, sochlar to‘liq qurimaguncha ularni rezinka bilan o‘rash mumkin emas, aks holda bu ularning sinishiga olib keladi.

5. Sochlar uchun qora bo‘yoq

Agar siz sochlaringizni bo‘yashni xush ko‘rsangiz, iloji boricha qora rangni tanlamang. Bu o‘zgarishi qiyin bo‘lgan eng suvga chidamli rang hisoblanadi.

Manba: “Lady.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.