Qahva, yong‘oq va sut: pnevmoniyadan so‘ng organizmni tiklashga yordam beradigan 8 mahsulot
Organizmda virus va bakteriyalar sabab qo‘zg‘aladigan pnevmoniya kasalligini yengishda qo‘shimcha tarzda tabiiy yo‘llardan ham foydalanish kerak. To‘g‘ri ovqatlanish esa buning sinalgan usulidir. Hech qanday oziq-ovqat jiddiy davolanishning o‘rnini bosa olmasa ham, lekin organizm tiklanishida yordam berishi aniq.
Foto: “Domashniy ochag”Yog‘li baliq
Foto: “Domashniy ochag”Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun shifokorlar haftasiga ikki-uch marotaba baliq iste’mol qilishni tavsiya etadi. Ammo o‘pka bilan bog‘liq kasalliklarda tana uni cheklangan miqdorda hazm qilishi mumkin.
Yong‘oq
Foto: “Domashniy ochag”Omega-3 ga boy bo‘lgan yana bir mahsulot. Ammo ular baliqning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki ushbu mahsulot tarkibidagi omega-3 aynan jonzotlar go‘shti tarkibidan farq qiladi. Ammo ikkisi ham sog‘liq uchun foydali va yallig‘lanishni kamaytiradi. Shuning uchun kun davomida bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish kerak.
Sitrus mevalar
Foto: “Domashniy ochag”C vitaminiga boy bo‘lgan sitrus mevalar immun tizimini mustahkamlaydi va o‘pka saratoni xavfini kamaytiradi. Olimlarning aniqlashicha, har kuni qabul qilingan 100 milligramm C vitamini o‘pka saratoni xavfini 7 foizga kamaytiradi.
Bulg‘or qalampiri
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu yorqin rangdagi sabzavotlar ham C vitaminiga boy bo‘lib, sitrus mevalarga allergiyasi bo‘lganlarga yaxshi o‘rindosh bo‘la oladi. Shuningdek, bulg‘or qalampirining sariq navi organizmdagi yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradigan antioksidantlarga boy.
Sut
Foto: “Domashniy ochag”D vitamini yetishmasligi o‘pka kasalligi xavfini oshiradi va shuning uchun pnevmoniya sovuq hamda quyosh nuri kam mamlakatlarda ikki baravar ko‘proq uchraydi. Bir stakan sut tarkibida esa inson uchun zarur bo‘lgan kunlik dozaning taxminan beshdan bir qismi mavjud. Shuning uchun sut ichishni kanda qilmaslik zarur, ammo uning yog‘sizligiga e’tibor berish kerak.
Ko‘k choy
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu ichimlik erkin radikallarni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan antioksidantlarga boy ekanligi ma’lum. Ushbu birikmalar kasallik vaqtida ancha xavfli bo‘lib, ular oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi, bu esa har qanday yallig‘lanishni kuchaytiradi. Shuning uchun ko‘proq limon bilan ko‘k choy ichish tavsiya etiladi.
Qora qahva
Foto: “Domashniy ochag”Qahva donalari ham ko‘k choy singari polifenollarga boy. Ammo ichimlikka shakar hamda sut solinsa, tarkibidagi foydali moddalar o‘z kuchini yo‘qotib yuboradi. Shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan oddiy qora qahva ichish tavsiya etiladi.
Pomidor
Foto: “Domashniy ochag”Astma bilan kasallangan bemorlar bir hafta davomida pomidor sharbatini ichishi natijasida o‘pka faoliyati yaxshilanishi isbotlandi. Tadqiqotchilar buning ortida likopin deb nomlangan antioksidant turganini taxmin qildi. Pnevmoniya bilan kasallanganlar esa ratsionga pomidorni imkon qadar tezroq qo‘shishi mumkin.
Manba