Ko‘z atrofidagi ajinlarga qarshi eng yaxshi kremlar
Ko‘z atrofidagi ajinlarni bartaraf qilishda yordam beradigan kosmetik vositalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Erborian’dan ko‘z atrofidagi terini parvarish qiluvchi krem — Seve De Bamboo
Foto: CosmopolitanErborian tomonidan taqdim qilinganiga ko‘p bo‘lmagan krem xurmo yaprog‘i va bambukdan asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, teridagi mayda ajinlarni tekislaydi, terini taranglashtiradi va ko‘z ostidagi halqalarni sezilarli darajada kamaytiradi.
Darphin’dan ko‘z konturi uchun mo‘ljallangan — Wrinkle Corrective Eye
Foto: CosmopolitanKo‘z atrofidagi ajinlarni bartaraf qilishga mo‘ljallangan mazkur krem ularning paydo bo‘lishining ham oldini oladi. Buning uchun har kremni qo‘lning yengil harakatlari bilan ichki burchakdan tashqi tomonga yupqa qilib surtish kifoya. Tarkibidagi foydali shi yog‘i, kakao va gialuronkislota kutilgandan ham yaxshiroq samara beradi.
Lancome’dan ko‘z atrofidagi ajinlar uchun Advanced Genifique Yeux
Foto: CosmopolitanMazkur krem ajinlarni to‘ldiradigan va teri tarangligini ta’minlaydigan moddalarni o‘z ichiga oladi. Charchoqdan qolgan izlarni bartaraf etadi, 4 hafta davomida foydalangandan keyin ajinlar sezilarli darajada kamayadi.
Vichy’dan Liftactiv Dermsource
Foto: CosmopolitanVichy tomonidan taqdim qilingan mazkur krem yuzdagi chuqur ajinlarga ham ta’sir qiladi. Tarkibidagi ramnoza erta ajin tushishining oldini oladi, teri hujayralarini yanada faol bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
L’Oreal Paris’dan Refitalift filleri
Foto: CosmopolitanGialuron kislotaga boy bo‘lgan mazkur krem go‘zallashtiruvchi inyeksiyalar singari ta’sir ko‘rsatadi. Ajinlar o‘rnini to‘ldiradi, yuqori qovoqlarni tepaga ko‘tarilishiga yordam beradi.
L’Occitane’dan Immortel balzami
Foto: CosmopolitanYuziga endi ajin tushishni boshlaganlar uchun mazkur balzam ayni muddao. Ushbu vosita terini regeneratsiya qiluvchi va hujayralarni yangilash xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘znoch(o‘tsimon o‘simlik)asosida ishlab chiqarilgan.
Helena Rubinstein’dan Prodigy Eyes
Foto: CosmopolitanB5 provitaminlari va yashil dengiz o‘tlari ekstraktidan tashkil topgan krem ko‘z atrofiga surtilsa, yaxshi samara beradigan eng yaxshi vositalardan biri. Terini mustahkamlaydi, hatto birinchi marta ishlatishning o‘zida ijobiy o‘zgarish seziladi. Ko‘z ostidagi qora halqalarni ketkazib, shishlarni bartaraf qiladi.
Manba