Ravshana Kurkova 37 yoshda 20 yoshli qizdek ko‘rinish sirlari bilan bo‘lishdi
Ravshana Kurkovaning muxlislari uning yoshlik va go‘zallik sirlariga juda ko‘p qiziqadi.
Foto: “Woman.ru”Aktrisa ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish va chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam beruvchi byuti-hiylalar haqida aytib berdi.
Makiyaj
Ravshana o‘zini parvarish qilishda bir umr tabiiy yondashuv tarafdorlari bo‘lgan onasi va buvisining maslahatlariga rioya qilayotganiga iqror bo‘ldi. Ularning tavsiyasini inobatga olgan holda, Ravshana bo‘yanishni juda kech boshladi.“Buvim har doim kosmetikadan ko‘ra, tabiiylik ko‘proq latofatli ko‘rsatadi deb hisoblar edi. Sen bo‘yoqlardan foydalanishni qancha erta boshlasang, yuzing o‘z tabiiy go‘zalligini shuncha tez yo‘qotadi va yillar o‘tishi bilan rangpar bo‘lib qoladi deb aytar edi”, — gapirib berdi aktrisa.
Yuzni parvarish qilish
Aktrisa yoshligidan beri yuzini parvarish qilishga juda katta e’tibor beradi. Ravshana har kuni yuz terisini ko‘pik bilan tozalaydi, keyin tonik, zardob va tungi krem suradi.Aktrisa har hafta uy sharoitida niqoblar, pilinglar, skrablar qiladi, chunki uning kosmetologga borishga vaqti yetmaydi.
Ravshananing kosmetika qutisida ularsiz uydan chiqmaydigan ikkita tengi yo‘q vosita bor — termal suv va quyoshdan himoyalovchi 30 SPF-faktorli krem.
Ichki g‘amxo‘rlik
Ravshana kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlaydi. U suv bilan exinatsiyali tabletkalarni qo‘shib ichadi — bu ayniqsa qish faslida immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.U nonushtada quyultirilgan sut, quruq mevalar, yong‘oqlar va rezavor mevalar qo‘shilgan suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yeydi. Ravshananing qomati tabiatan go‘zal bo‘lishiga qaramasdan, baribir u to‘g‘ri ovqatlanishga va jismoniy harakatlarni yaxshi ko‘rishga intiladi.
Manba