Salomatlik Goʼzallik Barcha ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan 4 byuti-gadjet

Barcha ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan 4 byuti-gadjet

O'qildi: 349


Barcha ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan 4 byuti-gadjet

Qishga xos sovuq harorat, uy, ish va o‘qish binosidagi quruq havo salomatlik, teri va ko‘rinishga ta’sir qilmay qolmaydi. Bunday vaziyatda har qachongidan ham ko‘proq parvarish va e’tibor qilish kerak. Bu borada sizga quyida nomi keltirilgan gadjet va vositalar yordam bera oladi.

Yuzni tozalaydigan cho‘tka

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Bunday gadjet terining yangilanishiga yordam beradi, undagi yumshoq cho‘tka, vibratsiya va puls yordamida o‘lik hujayralar tozalanadi. Teri yangi va chiroyli ko‘rinadi. Bunday vosita haqida turli ma’lumotlar bo‘lishiga qaramay, uni ishlatishdan qo‘rqish kerak emas. Agar cho‘tka elektron va sillikonli bo‘ladigan bo‘lsa, teri uchun gadjetdagi optimal rejimni tanlang. Cho‘tkani toza saqlang va har gal ishlatganingizdan keyin yuvib turing. Ultratovushli tozalaydigan vositalar cho‘tkalar o‘rniga alternativ bo‘la oladi. U poralarni tozalab, kollagen ishlab chiqarilishini faollashtiradi.

Yuzni massaj qiladigan vosita

Foto: Harper’s Bazaar

Bunday vosita terining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, qon aylanishini yaxshilaydi, uni tarang va tiniq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. U asosan ikki xil — mexanik va elektrli bo‘ladi. Mexanik massaj qiladigan gadjet metall va minerallardan ishlangan bo‘lib, teridagi shishlarni ketkazadi.

Havoni tozalaydigan va namlaydigan gadjet

Foto: Harper’s Bazaar

Kunimizning 90 foizi yopiq, konditsioner yoki isitish moslamasidan foydalanadigan xonada yoki binoda o‘tadi. Haddan ortiq quruq va nam havo esa bakteriya va viruslar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu borada teri va shilliq qavatlarga yordam berish uchun esa havoni tozalaydigan vosita ayni muddao. Iloji bo‘lsa, uning suvni tozalaydigan tizimliligi hamda havoni filtrlaydiganidan foydalangan yaxshi. Alohida namlantiradigan va havo tozalaydigan vosita xarid qilish yoki ikki funksiya bir gadjetda mujassam bo‘lganini tanlash mumkin.

Irrigator

Foto: Harper’s Bazaar

Noqulay bo‘lgan, tishni tozalash uchun foydalanadigan ip o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan irrigator, breket taqadiganlar va kariyesga moyilligi borlar uchun yaxshi variant. U tish cho‘tkasi yetib bormaydigan tish orasidagi ovqat qoldiqlarini samarali tozalaydi. Qolaversa, milk kasalliklari va kariyesni oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.