Salomatlik Goʼzallik Sharq mamlakatlarida go‘zallik timsoliga aylangan byuti-blogerlar (foto)

Sharq mamlakatlarida go‘zallik timsoliga aylangan byuti-blogerlar (foto)

O'qildi: 486


Sharq mamlakatlarida go‘zallik timsoliga aylangan byuti-blogerlar (foto)

Sharqning qiz va ayollari haqidagi stereotiplarni o‘zgartirib yuboradigan, nafaqat go‘zallik, balki moliyaviy mustaqillik borasida boshqalarga o‘rnak bo‘la olishi mumkin bo‘lgan millionlab auditoriyaga ega blogerlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Huda Kattan ( @hudabeauty)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Huda Yaqin sharqdagi eng mashhur byuti-blogerlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy uslubda kiyinadigan va deyarli 48 million obunachiga ega bloger nafaqat vizajistlik, balki shaxsiy biznesini rivojlantirish bilan ham shug‘ullanadi. U tomonidan asos solingan Huda Beauty kosmetik brendi butun dunyodagi qiz va ayollar o‘rtasida mashhur sanaladi.

Rian ( @riannemua)

Rian Sidneyda yashashiga qaramay, sharqona an’analarni unutmagan. U 2017-yilda YouTube kanali ochgan va unda yuz uchun foydali niqoblar retsepti bilan bo‘lishgan. Bugungi kunda 500 mingdan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan bloger boshqa yulduzlar bilan hamkorlik qiladi va mukammal makiyaj sirlari bilan muntazam ravishda bo‘lishib keladi.

Sabina Hannan ( @sabinahannan)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan Sabina Londonda tug‘ilib, voyaga yetgan. Bolalar bog‘chasida enaga sifatida faoliyat olib borgan qiz 2015-yildan Instagram’da blog yurita boshlagan. Bir necha oyda auditoriyasi 500 mingtaga ko‘payganidan keyin qiz enagalikni tashlab, moda va make up bilan professional tarzda shug‘ullana boshlagan. Bugungi kunda Sabina Britaniya moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri sanaladi.

Nura Afia ( @nuralailalov)

Amerikalik qiz blogerlik faoliyatini bundan 6 yil avval boshlagan. U vaqtda Nura Instagram’da make up darslari bilan bo‘lishgan deyarli yagona musulmon qiz bo‘lgan. Bugungi kunda uning 300 mingdan ortiq odam kuzatadi.

Zohra Lahib ( @zohralahib)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Afg‘onistonlik Zohra blogini ingliz tilida yuritadi. Uning Instagram sahifasida ro‘molni qanday o‘rashdan tortib, terini kundalik parvarish qilish va boshqa bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. TikTok sahifasida esa bo‘yanishni o‘rgatadigan videolardan tashqari, do‘stlari bilan kulgili vaynlari hamda qiziqarli voqealarni ko‘rish mumkin.

Dalal al-Doub ( @dalalid)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Kuvaytlik Dalalning Instagram sahifasi va YouTube kanalida Sharqona modaning eng yangi tendensiyalarini kuzatish mumkin. Blog arab tilida yuritilishiga qaramay, qo‘llanmani tushunish qiyinchilik keltirib chiqarmaydi.

Ruhena Begum ( @ruhenaxbegum)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Kelib chiqishi hindistonlik, ayni vaqtda Londonda yashaydigan Ruhenani 142 ming obunachi kuzatadi. 22 yashar oila qurishga ulgurgan qizning shaxsiy biznesi ham yo‘q emas. Make up’dan tashqari Begum blogida hayotiy iqtiboslar, hindcha urf-odatlar, oilasidan uzoqdagi yangi hayot qanday bo‘lishi haqidagi fikrlari bilan ham bo‘lishib turadi.

Habiba Da Silva(@lifelongpercussion)

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day

Foto: Woman’s Day.

Kelib chiqishi Livan va Braziliyaga borib taqaladigan qiz, bugungi kunda Britaniyada yashaydi. Makiyaj borasida tendensiyalardan ko‘ra tabiiydek ko‘rinadigan nyud uslubini afzal biladigan qizning kanalida, nafaqat go‘zallikka oid maslahatlar, balki she’r va falsafiy fikr-mulohazalarga ham guvoh bo‘lish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.