Britaniyalik 105 yoshli ayol tug‘ilgan kunida uzoq umr ko‘rish sirlari bilan bo‘lishdi
Buyuk britaniyalik 105 yoshli ayol o‘zining tug‘ilgan kunida uzoq umr ko‘rish siri bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Foto: SWNSEllen Metyus 17-mart kuni Nortgempton shahridagi qovoqxonada yubileyini nishonlagan. Ayol koronavirus pandemiyasi sabab odamlar to‘planadigan joyga bormaslik tavsiyasiga quloq tutmagan.
Metyusning ta’kidlashicha, 105 yoshga kirib u ko‘p narsalarning guvohi bo‘lgan va koronavirus ayolni qo‘rqita olmaydi. Shuningdek, yubiley egasi jurnalistlar bilan suhbatlashib, uzoq umr ko‘rish sirlari haqida gapirib bergan.
Foto: SWNSKampirning so‘zlariga ko‘ra, uzoq umr ko‘rish uchun hayot bilan hamnafas yashash kerak.
Metyusning qayd etishicha, yana ko‘plab omillar va to‘g‘ri ovqatlanish uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Qariyalar uyiga borishdan bosh tortgan Metyusning holidan bir kunda uch mahal enaga xabar olib turadi. Shunga qaramay, kampir o‘ziga o‘zi qaray oladi va ovqatlarni mustaqil pishiradi.
Avvalroq Yaponiyada yashovchi Titesu Vatanabe keksa insonlar orasidagi eng uzoq umr ko‘rayotgan erkak sifatida o‘z maslahatlari bilan bo‘lishgan edi.
Manba