Salomatlik Goʼzallik Taqinchoqlar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 5 ta maslahat

Taqinchoqlar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 5 ta maslahat

O'qildi: 537


Taqinchoqlar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 5 ta maslahat

Tilla, kumush va boshqa metallardan yasalgan sevimli taqinchoqlarimiz bizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun ularni to‘g‘ri saqlash, o‘z vaqtida tozalash muhim ahamiyat kasb etadi. Elle nashri taqinchoqlardan foydalanish bo‘yicha maslahatlarni keltirib o‘tdi.

Foto: Elle

Taqinchoqlarni tez-tez tozalab turish kerak

Foto: Elle

Vaqt o‘tishi bilan istalgan turdagi metal o‘z jilosini yo‘qota boshlaydi. Shu sababli tilla va kumush taqinchoqlarni vaqti-vaqti bilan maxsus mato bilan artib turish kerak. Tish cho‘tkasini iliq suvga botirib yoki bolalar sovuni bilan ham tozalasa bo‘ladi.

Ish qilayotganingizda taqinchoqlarni yechib qo‘ying

Foto: Elle

Qo‘polroq jismoniy harakat ta’sirida taqinchoq tirnalishi, yorilishi yoki qiyshayishi mumkin. Sport mashg‘ulotlariga borganda yoki boshqa jismoniy mehnat qilayotganingizda taqinchoqlarni yechib qo‘yish tavsiya etiladi.

Shuningdek, issiq harorat ham taqinchoqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Issiq hammomga, saunaga borganingizda zirak, zanjir va uzuklarni yechib qo‘yish zarur.

Taqinchoqlarni maishiy kimyoviy moddalar va kosmetikadan uzoqroq tuting

Foto: Elle

Taqinchoqlar kosmetika yoki tozalovchi vositalarga tekkanda ularda dog‘ paydo bo‘lishi yoki metallning ustki qismi zararlanishi mumkin.

Shuning uchun idish-tovoq yuvayotganda yoki uy tozalayotganda taqinchoqlarga ehtiyot bo‘ling.

Taqinchoqlarni to‘g‘ri joyga qo‘ying

Foto: Elle

Tabiiy qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taqinchoqlarni quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan joyda saqlash yaramaydi. Quyosh nuri tufayli taqinchoqlarning tabiiy rangi yo‘qoladi. Shuningdek, taqinchoqlar yodlangan dengiz suvini ham yoqtirmaydi. Plyajga borganingizda taqinchoqlarni mehmonxonada qoldirgan ma’qul.

Taqinchoqlarni maxsus qutilarda saqlang

Foto: Elle

Taqinchoqlar uzoq xizmat qilishining muhim shartlaridan biri bu — ularni o‘z qutisida yoki maxsus keysda saqlash.

Bunday keyslarda taqinchoqning hamma turi uchun maxsus bo‘lmalar bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.