Salomatlik Salomatlik Indoneziyada evkaliptdan yasalgan koronavirusni o‘ldiruvchi taqinchoq ommaga taqdim etildi

Indoneziyada evkaliptdan yasalgan koronavirusni o‘ldiruvchi taqinchoq ommaga taqdim etildi

O'qildi: 308


Indoneziyada evkaliptdan yasalgan koronavirusni o‘ldiruvchi taqinchoq ommaga taqdim etildi

Indoneziya qishloq xo‘jaligi vazirligi ommaga evkaliptdan yasalgan hamda koronavirusni o‘ldiruvchi taqinchoqni taqdim etdi, deb yozadi The Jakarta Post.

Foto: The Jakarta Post

“Agar taqinchoq bo‘yinga taqilsa u 15 daqiqa davomida 42 foiz, yarim soatda esa 80 foiz virusni o‘ldiradi”, — deydi vazirlik rahbari Siyarul Yasin Limpo.

Uning ta’kidlashicha, ushbu taqinchoq evkaliptning maxsus turidan tayyorlangan bo‘lib, u, shuningdek, yaralarni ham tuzatadi.

“Taqinchoq nafaqat virusni o‘ldiradi, balki ommaviy tadbirlarda virusni yuqtirishdan ham himoya qiladi”, — deydi Limpo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlanma koronavirus tasdiqlangan ko‘ngillilarda sinab ko‘rilgan.

Bemorlar taqinchoqni taqqanidan so‘ng o‘zlarini yaxshi his eta boshlagan.

Biroq olimlar taqinchoqning samaradorligiga ishonmayapti.

Indoneziya mikrobiologiya milliy instituti direktori o‘rinbosari Xeravati Sudoyoning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksina yaratilmaguniga qadar bunday taqinchoqlarni sotuvga chiqarib, odamlarni chalg‘itmaslik kerak.

Mavzuga doir: NASA koronavirusga qarshi kurashuvchi taqinchoqni taqdim etdi(foto)




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.