Salomatlik Goʼzallik Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi

Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi

O'qildi: 454


Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi

Limon inson organizmiga ijobiy ta’sir qiladi, ovqat hazm bo‘lishini ta’minlaydi, ichaklarni tozalaydi. Cosmopolitan nashri aslida foydasi haqida uzoq gapirish mumkin bo‘lgan ushbu mevaning 7 xususiyatiga to‘xtaladi.

Foto: Medyafaresi

Yuzni tiniqlashtiradi

Limon tarkibida C vitamini va  mikroelementlarni o‘zida mujassam qilishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, tozalash xususiyatiga ham ega. Limon sharbati yuzni namlantiradi, tiniqlashtiradi, husnbuzarlar va teridagi dog‘larga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Yuz terisini piling qilish uchun limondan foydalanish mumkin. Buning uchun sharbatini ajratib olish shart emas, shunchaki teng ikkiga bo‘lib, 5 daqiqa davomida yuzingizga aylana harakatlar bilan ishqalasangiz bas.

Teri tonusini taranglashtiradi

Dog‘ yoki husnbuzardan qolgan izlar kishi yuzini nosog‘lom ko‘rsatadi. Sitrus mevalarda esa terini tarang va tetik ko‘rsatish xususiyati bor. Bunda nafaqat limon sharbati, balki limon yog‘idan ham foydalanish mumkin. Paxtaga limon sharbati​ni ajrating va yuzingizning muammoli joyiga surting, keyin esa sovuq suv bilan yuvib tashlang.

Foto: Yandex

Tirnoqlarni mustahkamlaydi

3 qoshiq zaytun moyiga 1 qoshiq limon sharbati​ni qo‘shing: tirnoqlaringizni mustahkam bo‘lishi uchun tabiiy vosita tayyor. Aralashmani tirnoqlaringizga muntazam ravishda surtib boring va yaltiroq hamda sog‘lom tirnoqlaringizdan ko‘zingiz quvnasin.

Soch rangiga ochartiradi va jilo beradi

Limon soch rangini ochartirish va unga jilo berish xususiyatiga ega ekani tadqiqotchilar tomonidan ham aniqlangan. Siz ham sochlaringiz rangini ochartirishni istasangiz, purkagichi bor idishga limon sharbati​ va iliq suv soling, sochingiz uzunligi bo‘ylab purkang. Keyin esa quyosh nurida 1 soat o‘tiring va natijadan hayratlaning.

Foto: Getty Images

Qo‘l tirsagining qurigan terisini yumshatadi

Limondan yuz va teri uchun skrab sifatida foydalanish — tirsakning quruq qismidagi terini yumshatish mumkin. Buning uchun iste’mol sodasi va limon sokini pasta holiga kelguniga qadar aralashtiring. Tirsagingizga surtib, aylana harakatlar bilan uqalang. Keyin yuvib tashlang va krem yoki zaytun moyi surting.

Qazg‘oqning oldini oladi

Maydalangan zanjabil ildizi, limon sharbati, zaytun moyi va suv aralashmasi bosh terisida qazg‘oq ko‘payishiga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Aralashmani bosh terisiga surting va biroz vaqt o‘tib iliq suvda shampun bilan yuvib tashlang.

Oftobdan o‘zgargan teri rangini tiklaydi

Keragidan ortiq oftobda toblanish terini apelsindek ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Limonda teri rangini tiklash xususiyati mavjud. Buning uchun kesilgan limonni rangi o‘zgargan teri qismiga surtish kifoya.

Mavzuga doir: 

  • Antiseptik xususiyatga ega 5 ta tabiiy mahsulot
  • Mutaxassis tanlovi: Immunitetni ko‘taruvchi, ortiqcha vazndan xalos etuvchi 6 mahsulot
  • Fast fudning o‘limga olib boruvchi xavfi aniqlandi
  • Fotogalereya: Har kuni tvorog iste’mol qilinsa organizmda nima sodir bo‘ladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.