Salomatlik Goʼzallik Yozda qanday makiyaj qilish kerak?

Yozda qanday makiyaj qilish kerak?

O'qildi: 354


Yozda qanday makiyaj qilish kerak?

Jazirama ayol kishi o‘ziga qaramasligi uchun bahona bo‘lolmaydi, lekin issiq kunda odatdagidan boshqacharoq makiyaj qilish kerak bo‘ladi.

Foto: Good Fon

1. Yog‘li va quyuq tonal kremlardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Buning o‘rniga CC krem yoki quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalaning.

2. Sifatli va uzoq turadigan vositalarni ishlating. Masalan, qovoqlaringizga surtgan ten bir soatdan keyin o‘chib ketsa yoki ko‘z tagiga to‘kilsa, demak, sifatsiz va uzoqqa yetmaydigan bo‘ladi. Bunday kosmetik vositalarga esa pul sarflash kerak emas.

3. Bronzer va haylayterdan iloji boricha foydalanmang. Ushbu vositalar yuzni yaltiratadi, issiq haroratda esa shundoq ham teridan odatdagidan ko‘proq yog‘ ajralib chiqadi. Ishlatgan taqdiringizda ham asos sifatida upadan foydalanishni yoddan chiqarmang.

4. Jaziramada ko‘zni qalam yoki podvodka bilan bo‘yash tavsiya qilinmaydi, chunki ushbu vositalarning aksariyati surkalish xususiyatiga ega.

5. Sumka, hamyoningizda quruq kosmetik salfetka olib yuring. Ortiqcha yaltirashni sezishingiz bilan ko‘zguga qarab, yuzingizni tartibga keltiring.

Mavzuga doir: 

  • Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz
  • Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
  • Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
  • Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?6 tavsiya


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.