Salomatlik Goʼzallik Jaziramada yuzni namlantirish va makiyaj bo‘yicha tavsiyalar

Jaziramada yuzni namlantirish va makiyaj bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 341


Jaziramada yuzni namlantirish va makiyaj bo‘yicha tavsiyalar

Yozda yuz har qachongidan ham parvarish va oziqlantirishga muhtoj bo‘lgani sabab parvarishga va makiyajga alohida e’tibor berish kerak.

Foto: Getty Images

Birinchi qoida — yuzni to‘g‘ri tozalash kerak. Yozda terlash va quyosh nuri zarar yetkazgani sabab ham yuzni to‘g‘ri tozalashni bilish kerak. Ayniqsa, yog‘li teriga alohida e’tibor berish lozim.

Ikkinchi qoida — terini to‘g‘ri namlantirish ham muhim. Kun davomida va kechqurun yaxshi namlantiradigan kremlardan foydalaning. Kunduzi faol komponentlarga boy zardob yaxshi samara beradi.

Uchinchi qoida — quyosh nurlaridan himoya qiladigan kremdan foydalanish kerak. Ultrabinafsha nurlari teriga zarar yetkazadi. SPF kremdan foydalanish yuzga erta ajin tushish, qorayish va nurlanishni oldini oladi. Buning uchun havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar ko‘chaga chiqishdan 20 daqiqa avval quyosh nuridan himoya qiladigan krem surtish kerak.

Dekorativ kosmetika: Yozgi tonal krem

Yozda iloji boricha yengil kremdan foydalaning. BB, CC kremdan foydalanish hamda korrektor ishlatish tavsiya qilinadi.

Makiyaj orqali urg‘u berish

Leto xaylayter, lab blesklaridan foydalanish vaqti sabab ham ulardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yog‘li blesklarni esa salfetka yordamida me’yorlashtirib olish kerak. Poralarni to‘ldirib qo‘yish mumkinligi sabab esa pudralardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Yaltiratmaydigan tonik esa yog‘li yuz terisi uchun ayni muddao.

Ko‘z va lab makiyaji

Ko‘zlar uchun oqmaydigan, lablarga esa namlantirmaydigan balzam va blesklardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bronzer

Bronzer ham yoz faslida har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi. Uni yumshoq cho‘tka bilan quyosh nuridan eng birinchi qizaradigan yuz qismiga surtish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.