Salomatlik Goʼzallik Obrazni nomukammal ko‘rsatadigan makiyajdagi 3 xato

Obrazni nomukammal ko‘rsatadigan makiyajdagi 3 xato

O'qildi: 268


Obrazni nomukammal ko‘rsatadigan makiyajdagi 3 xato

Uzoq vaqt ketkazib bo‘yanganingiz bilan arzimagan xatolar qiyofangizni tartibsiz ko‘rsatishi mumkin.

1. Tushni surkatib surtish

Foto: Getty Images

Makiyaj qilishda eng ko‘p qilinadigan xatolardan biri tush surganda qovoqqa surkatib yuborish va artmaslik hisoblanadi. Ko‘zguga qaraganda surkalgan tush qoldig‘i kipriklar to‘sib turgani hisobiga ko‘rinmasligi mumkin, lekin bu tashqi tomon, xususan, yon tarafdan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun tush surtgandan keyin ko‘zguga e’tibor berib, tartibsizliklarni bartaraf etish kerak.

2. Labning tugallanmasdan bo‘yalgani

Foto: Getty Images

Aksari ayol va qizlar lablarini bo‘yaganda chetki burchakni qoldirib ketadi yoki bo‘yamasa ham bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu juda xunuk va tartibsiz ko‘rinadi ayniqsa, lab bo‘yog‘ining rangi to‘q bo‘lsa. Shuni inobatga olgan holda e’tibor bilan makiyajni tugallashga harakat qiling.

3. Qurigan labga bo‘yoq surtish

Foto: Evening Standard

Keyingi yo‘l qo‘yiladigan xato ham labni bo‘yash bilan bog‘liq. Labni bo‘yashdan avval, uning holati, qurib qolmaganiga e’tibor berish kerak. Qurigan va terisi ko‘chgan lab ustidan bo‘yoq sursa juda ham xunuk ko‘rinadi. Agar labingiz qurigan bo‘lsa, skrab bilan eski terini ketkazib ustidan namlantiruvchi lab balzamini surting, shundan keyingina bo‘yashingiz va ko‘rinishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: 

  • Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz
  • Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
  • Yozda qanday makiyaj qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.