Salomatlik Goʼzallik Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt

Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt

O'qildi: 299


Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt

Quyoshning ultrabinafsha nurlari terining erta qarishi, ajin va dog‘ tushishiga sababchi bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Lab uchun mo‘ljallangan balzamdan foydalaning

Lab terisi juda nozik bo‘lgani hisobiga quyosh nurlaridan saqlash va namlantirib turish kerak bo‘ladi. Buning uchun tarkibida SPF bo‘lgan himoya bo‘lgan vositalari, balzam va lab bo‘yoqlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Gadjetlardan foydalanishni kamaytiring

Gadjetlar teriga quyosh nuridan kam bo‘lmagan zarar yetkazadi. Televizor, kompyuter yoki telefon qarshisida soatlab o‘tirish yuzga erta ajin tushishi, ko‘z tagida qora dog‘lar paydo bo‘lishi va teri elastikligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Uyquga yotishdan 2-3 soat avval telefonni o‘zingizdan uzoqqa olib qo‘yishga, o‘chirishga odatlaning. Kosmetik vositalarni xarid qilayotganingizda antioksidantlarga qanchalik boy ekaniga e’tibor qarating, tarkibida E va C vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.

SPF kremlari tarkibiga e’tibor qarating

Quyosh nurlari ta’sirida teri qurishni boshlaydi va bu vaqtda nurlardan himoyalovchi kremlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi. Lekin SPF deb yozilgan har qanday kremni ham xarid qilavermaslik, uning tarkibi va teriga qanchalik mos tushishini diqqat bilan o‘rganish kerak. Iloji boricha tarkibida seramid, yog‘ kislotalari hamda skvalan bo‘lgan kremlarni tanlang.

Ichki himoyaga ham e’tibor qarating

Quyosh nurlaridan zararlanishda faqatgina tashqi himoyalanishga e’tibor qaratish yaramaydi. Iste’mol qilayotgan mahsulotlaringiz yallig‘lanishning oldini oluvchi omega-3’ga boy bo‘lishi kerak.

Kremni bir kunda bir marta ishlatmang

SPF vositalar 2 soatlik ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Shu bois ham kun davomida uni yangilab turish kerak. Quyoshdan himoyalovchi kremlarni bir kunda bir martadan ko‘p, shuningdek, nafaqat yozda, balki kuz va bahor fasllarida ham foydalanish tavsiya qilinadi.

Quyoshda ortiqcha toblanishga oshiqmang

Quyosh nurida ortiqcha toblanish terining qizarib kuyishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois quyoshda toblanishdan avval SPF vositalardan foydalanish, oftob urmasligi uchun kepka yoki shlyapa kiyishga odatlaning.

Atirni kamroq ishlating

Aniqlanishicha, atir sepilgan tana qismi ultrabinafsha nurlari uchun ayni muddao sanaladi va oqibatda bo‘yin yoki yelkada dog‘lar paydo bo‘ladi.

Mavzuga doir: 

  • Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz
  • Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
  • Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
  • Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?6 tavsiya
  • Yozda qanday makiyaj qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.