Yorqin rangli lab bo‘yog‘i obrazni buzgan holatlar — mashhurlar misolida (foto)
Nafaqat lab bo‘yog‘i, balki makiyaj ham teri, soch va kiyimga mos bo‘lishi kerak. Rangi chiroyli va yorqin ko‘ringan har qanday bo‘yoq har kimga ham yarashavermaydi.
Skarlett Yohansson
Foto: CosmopolitanAktrisa mazkur obrazda qizil lab bo‘yog‘i tanlagani sabab uning tishlari sarg‘ish ko‘rinib qolgan. Skarlettdek ko‘rinishga ega bo‘lib qolmaslik uchun qizil lab bo‘yog‘i tanlash borasida ehtiyotkor bo‘lish kerak.
Mayli Sayrus
Foto: CosmopolitanMaylining ushbu rasmdagi sabzirang lab bo‘yog‘i darhaqiqat chiroyli, ammo uning yuzini bemorniki kabi oq ko‘rsatib qo‘ygan.
Emma Stoun
Foto: CosmopolitanSariq soch bilan bunday lab bo‘yog‘i surtish allaqachon modadan qolgan. Aftidan, Emma bundan bexabar qolgan. Teri va sochining rangiga ushbu pushti lab bo‘yog‘i umuman mos tushmagan.
Jessika Bill
Foto: CosmopolitanJessika ham oqshom uchun fuksiya rangli lab bo‘yog‘i tanlagan. Labining chetlarining siyohrang tusi husniga yarashmagan.
Juliya Garner
Foto: CosmopolitanUshbu suratga qarab Juliyaning nafaqat lab bo‘yog‘i, balki makiyajini ham omadsiz chiqqan deyish mumkin. Bronza tusli lab bo‘yog‘i bilan u kasaldek ko‘rinib qolgan.
Emili Blant
Foto: CosmopolitanEmili malina rangli lab bo‘yog‘i tanlagan, lekin bu bilan uning obrazi chiroyli bo‘lib qolmagan aksincha qizargan ko‘zlariga urg‘u berilgan.
Lia Mishel
Foto: CosmopolitanLianing tanlagan lab bo‘yog‘i yuzi rangi bilan uyg‘un bo‘lmagan. Agar teri rangidan kelib chiqib tanlov qilganida edi obrazi muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lardi.
Demi Lovato
Foto: CosmopolitanAslida Demi tanlagan lab bo‘yog‘i rangi o‘ziga yarashgan, lekin rumyanani ortiqcha surtib yuborgani, qosh va ko‘zini ham to‘q bo‘yagani uchun qiyofasi niqobdek ko‘rinishga ega bo‘lib qolgan.
Manba