Salomatlik Goʼzallik Fransuz ayollaridan yozda terini qanday parvarishlash borasida 3 ta oltin qoida

Fransuz ayollaridan yozda terini qanday parvarishlash borasida 3 ta oltin qoida

O'qildi: 281


Fransuz ayollaridan yozda terini qanday parvarishlash borasida 3 ta oltin qoida

Chiroyda tengsiz hisoblangan fransuz ayollari teri parvarishiga alohida e’tibor qaratadi. Har bir faslda qonun-qoidalarga amal qilgani uchun uzoq vaqt davomida jozibadorlikni saqlab qoladi. Yaxshisi, ular oltin qoida deb bilgan oddiygina tavsiyalarni siz ham o‘zingizda sinab ko‘ring.

Foto: louisefollainQuyoshdan himoyalaning

Mashhur model Sindi Bruna hech qachon uyni quyosh nuridan himoyalanmasdan tark etmagan va boshqalarga ham “Buni odat qiling”, deb maslahat beradi. Uning hamkasbi Luiza Follen esa yoz faslining boshida quyoshdan himoyalovchi SPF50’ni qo‘llasa, oxiriga borib SPF30’dan foydalanishni afzal deb biladi.

Sovuq suvdan foydalaning

Nafaqat uyqudan uyg‘onganda, balki charchoqni his etganda ham sovuq suv bilan yuzni yuvish insonni ancha tetiklashtiradi. Suvning sovuqligi hisobiga taranglashgan yuz terisida pardoz ham ko‘ngildagidek chiqadi. Siz ham ushbu qoidaga bor-yo‘g‘i bir daqiqa vaqt ajrating.

Foto: louisefollain

Namlantiruvchi vositalarni qo‘llang

Quyosh nuri ta’sirida odatda terining suvsizlanishi vujudga keladi. Shuning uchun darhol namlantiruvchi kremlardan qo‘llash lozim. Fransuz ayollari Avene, Bioderma, la Roche-Posay brendi ostida ishlab chiqarilgan namlantiruvchi mahsulotlarni xush ko‘radi. Eng asosiysi, ushbu vositalarni chiroyli terining kaliti, deb biladi.

Mavzuga doir: Yuz terisi parvarishi bo‘yicha ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri fikrlar




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.