Salomatlik Ayollar uchun Yangi yilga uyni yasatish bo‘yicha 5 g‘oya

Yangi yilga uyni yasatish bo‘yicha 5 g‘oya

O'qildi: 434


Yangi yilga uyni yasatish bo‘yicha 5 g‘oya

Bayram shukuhini his qilish uchun nafaqat obrazga e’tibor berish, balki uy yoki ofisni ham o‘ziga xos tarzda yasatish lozim.

Archa

Nafaqat liboslar, balki bezaklar bilan bog‘liq o‘ziga xos trendlar ham bo‘ladi. Qizil va tillarang bu borada yetakchilik qilsa, oq va och ranglar ham tobora mashhurlikka erishib bormoqda.

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Qolaversa, rangli chiroqlarning o‘zi bilangina bezatilgan archa ham o‘ziga xos ko‘rinishiga shubha yo‘q.

Chiroqlar

Foto: People Talk

Ayni vaqtda archani ichidan nur taralib, yoritib turadigan chiroqlar trendda. Bunga erishish uchun metri ancha uzun bo‘lgan rangli chiroqlarni archaning har bir shoxiga bittalab o‘rab chiqish kerak.

Bezaklar

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Guldonga solingan shoxlar, savatchaga joylangan kompozitsiya, boshqa yaltiroq shakllar va bezaklar bayram kayfiyatini baxsh etishi aniq.

Gulchambar

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Archa shoxlaridan yasalgan va eshikka ilinadigan gulchambarsiz bayram bezagini to‘liq deb bo‘lmaydi. Uni o‘z qo‘lingiz bilan yasashingiz, o‘ziga xoslik qo‘shish uchun esa archa g‘uddasi(shishka), tasma va o‘yinchoqlar bilan boyitsangiz bo‘ladi.

Noodatiy bezaklar

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Agar ortiqcha pul sarflashni istamasangiz, quritilgan apelsin, gul va archa g‘uddasi bilan o‘ziga xos bezaklardan foydalanishingiz mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.