Arab ayollari go‘zalligini saqlash uchun foydalanadigan tabiiy mahsulotlar
Sharqona go‘zallik hamisha yuksak e’tiborga loyiq bo‘lib kelgan. Haqiqatan ham sharq ayollari qiyofasida quyuq va qora sochlar, uzun kiprik va kamon qoshlar parvarishining o‘ziga xos sirlari mavjud. Ularning go‘zalligi qadimiy retseptlarga asoslanadi. Dono sharq ayollari o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish haqida eng muhim narsani ming yillab avval aniqlagan. Albatta, go‘zallik vositalarining barchasi tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan.
Argan yog‘i
Foto: CosmopolitanQimmatbaho argan yog‘i arab ayollari uchun birinchi o‘rinda turadigan go‘zallik vositasi hisoblanadi. U qadim zamonlardan buyon ishlatilib keladi. Hatto kosmetika rivojlangan hozirgi davrda ham ushbu vositadan voz kechilmagan. Ayollar undan sof shaklda soch, yuz va tana uchun foydalaniladi. Argan yog‘ining yoqimli achchiq hidi tananing silliq, elastik va ifori uchun surtiladi.
Amla ekstrakti
Amla ekstrakti Yaqin Sharq va Hindistonda sochlarning mo‘jizaviy vositasi sifatida mashhur. Ekstrakt kukun shaklida yoki yog‘ shaklida bo‘lishi mumkin. Mahsulot oddiygina niqob sifatida qo‘llaniladi. Ehtimol, sharq go‘zallari to‘g‘ri parvarishi tufayli ham qalin sochlarga egadir. Shuningdek, kukunni shampun va balzamga qo‘shish mumkin.
Atirgul suvi
Foto: CosmopolitanAtirgul suvi maftunkor iforga ega ajoyib yuz tonikidir. Ilgari ayollar uni asosiy davolash vositasi sifatida ishlatgan, ammo bugungi kunda u pardozni tozalovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari atirgul suvi tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qizarish va yallig‘lanishni ketkazadi. Shuningdek, vositani muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi.
Zarchava
Zarchavali niqoblar Hindiston va Pokistonda to‘y marosimlarida bajariladigan urf-odatlarga singib ketgan. Ushbu mahsulot bozor rastalarida tinimsiz sotiladi. Ushbu vositadan tayyorlanadigan niqobdan foydalanish ajoyib go‘zallik bag‘ishlaydi. Buning uchun 2 osh qoshiq un, bir chimdim tuz, 2 osh qoshiq atirgul suvi va shu miqdorda sut kerak bo‘ladi. Barcha mahsulot aralashtirilib, 15-20 daqiqa davomida yuzga suriladi. So‘ngra yuz iliq suv bilan chayiladi. Bu yuzni parvarish qilishdagi sharq ayollarining go‘zallik siridir.
Xina
Foto: CosmopolitanBarcha xina kukuni sochlarga rang berishini biladi. Sun’iy ranglardan farqli o‘laroq xina butunlay zararsiz va hatto foydalidir. Shuningdek, xina qo‘llar uchun ajoyib bezak, qoshlar uchun ham tabiiy bo‘yoq sifatida foydalaniladi.
Limon
Limon kislotasi – terini tabiiy oqartiruvchi vosita bo‘lib, u ham tetiklashtiruvchi xususiyatga ega. G‘arb ayollari odatda quyoshda toblanishni xush ko‘rsa, sharq ayollari terisini oqartirishga ko‘proq harakat qiladi. Aytgancha, go‘zallik uchun yana bir keng tarqalgan texnika mavjud, limon po‘stlog‘ining yumshoq tomoni skrab vazifasini ham bajaradi. Ammo uni qo‘llashdan avval kosmetolog bilan maslahatlashish zarur, chunki limon allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin.
Xantal urug‘i yog‘i
Foto: Cosmopolitan2012-yilgacha Hindiston va Yaqin Sharqda ushbu yog‘ ovqat pishirish uchun ishlatilgan, ammo keyinchalik tarkibida zararli kislota bo‘lganligi sababli uni oziq-ovqat mahsulotlarida taqiqlangan. Ammo sochlar uchun butunlay boshqa masala. Asrlar davomida qizlar soch o‘stirish uchun ushbu mahsulotdan foydalanib kelmoqda.
Halava tabiiy mumi
Ushbu mum sharqda nihoyatda mashhur. U tabiiy yog‘lar, parafin va asal mumi aralashmasidan iborat bo‘lib, sandal daraxtining hidi kelib turadi. Undan tirnoqlar parvarishida ham unumli foydalanish mumkin. Shuningdek, undan yoqimli ifor sifatida ham foydalanadi.
Tabiiy go‘zallik vositalari
Albatta, arab ayollari barcha parfyumeriyalarga, hattoki qimmatbaholariga ega. Ammo sharqona achchiq xushbo‘y hidi bo‘lgan efir moylariga asoslangan tabiiy vositalardan voz kechmaydi. Yasmin, mushk, vanil, atirgul, sandal daraxti kabi mahsulotlar esa ularni yanada boyitadi. Arab go‘zallik vositasi spirtdan foydalanmagan holda yog‘larga asoslanganligi tufayli uzoq yillardan buyon foydalaniladi.
Manba