“Yeb bo‘lmaydigan mahsulotni yuzga surtmang”. Yapon ayollaridan 7 ta go‘zallik siri
Ma’lumki, eng zamonaviy va sifatli go‘zallik mahsulotlari Yaponiyada ishlab chiqariladi. Balki shuning uchun ham yapon ayollarining terisi tiniq va chiroyli bo‘lsa kerak. Teriga g‘amxo‘rlik qilishning o‘ziga xos sirlari bilan “Terining inqilobiy yaponcha parvarishi − har qanday yoshda terini qay tarzda go‘zal qilish mumkin?” kitobi muallifi Chizu Sayeki bo‘lishdi.
Foto: Getty ImagesIshonchli mahsulot
“Ko‘p miqdorda turfa kosmetik vositalardan foydalanish terining buzilishiga olib keladi. Sababi turli xil tarkibga ega vositalar reaksiyaga kirishishi yoki qarama-qarashi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yapon ayollarining go‘zallik siri – muntazamlik va qat’iy rejim, − deydi muallif o‘z kitobida. − Doimo tongda yuzlar maxsus losyon yordamida yuviladi, so‘ngra namlantiruvchi krem, albatta, surtilishi kerak. Uxlashdan avval ham xuddi shu qoida amalga oshiriladi. Hech qanday kamchilik va qoldirishlarsiz. Natija ikki haftada ayon bo‘ladi”.
“Yeb bo‘lmaydigan mahsulotni yuzga surtmang”
“Agar biron mahsulotni yeya olmasangiz, uni teriga surtmang”, − deydi Chizu Sayeki. − Balki men haddan tashqari oshirib yuborgandirman, hech kim krem yoki losyon iste’mol qilmaydi, lekin oxir-oqibat teri yuzasiga surtilgan vosita qon oqimiga kirib borishini eslatib o‘tmoqchiman. Shuning uchun qo‘llaniladigan vositalar tarkibini kuzatish kerak. Ularning tarkibida tabiiy ekstraktlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foydali bo‘ladi”.
Matoli niqoblar
“Ilk bora ipak matosi atirgul suvi bilan namlanib, yuzga qo‘yilgan. Bu tarixda birinchi yaratilgan mato niqobi edi. Bunday niqoblardan foydalanilganda mahsulot tarkibidagi foydali moddalarning kirib borish chuqurligi ko‘p marta oshadi va samarasi ham seziladi. Shuning uchun tayyor niqob sotib olishning hojati yo‘q. Uy sharoitida ham niqob tayyorlab, uni yuzga surtish va ustidan yengil mato yopib, terini parvarish qilish mumkin”.
Yaponcha massaj
“Qarishni sekinlashtiruvchi ushbu massaj teri mustahkam va tekis bo‘lishiga yordam beradi”.
Foto: CosmopolitanYuzni to‘g‘ri tozalash
“Kosmetik vositalar orasida eng qimmatbahosi – bu yuzni tozalovchi mahsulotdir. Krem, losyon yoki boshqalardan ham ko‘ra ko‘proq tozalovchi vosita teriga mos bo‘lishi kerak. Uning maqbulini tanlash uchun alohida vaqt ajratishga erinmaslik kerak, − deydi mutaxassis. − To‘g‘ri tozalangan yuz boshqalarnikiga qaraganda ancha yosh ko‘rinadi va alohida parvarish talab etmaydi. Hech bo‘lmaganda kuniga ikki mahal tozalash vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. Agar imkon bo‘lsa, tez-tez amalga oshirish zarar qilmaydi”.
Foto: CosmopolitanBarcha holatlar uchun moylar
“Butun dunyo yog‘siz mahsulotlarga e’tibor qaratayotgan bir vaqtda shuni aytish mumkinki, faqat yog‘largina terini erta qarishdan saqlaydi. Ular terini yumshatadi, oziqlantiradi va sog‘lom bo‘lishga yordam beradi. Teri uchun mos keladigan yog‘dan iloji boricha ko‘proq foydalanish kerak. Hattoki ovqat tayyorlash jarayonida ham yuzga yog‘larni surtish mumkin. Teri yog‘li bo‘lib ketishidan xavotir olishning keragi yo‘q, u faqat o‘zi uchun kerakli narsani oladi, ortiqchasini o‘zlashtirmaydi”.
Vanna qabul qilish uchun maxsus kun
“Haftada kamida bir marta vanna qabul qilish uchun maxsus kun tashkil etish kerak. Butun vujud bug‘ yordamida tozalanadi, uzoq vaqt dam oladi. Shundan so‘ng tana uchun foydali yog‘lar surtish kerak. Ushbu jismoniy tozalanish modda almashinuvi jarayonlarini, limfa oqimini yaxshilaydi, stressni bartaraf etadi”, − deydi kitob muallifi.
Shuni yodda tutish kerakki, teri parvarishi o‘ta nozik masala bo‘lib, yapon ayollariga mos kelgan vosita boshqalarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ularni kun tartibiga kiritishdan avval kosmetolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Manba