Salomatlik Goʼzallik Stiv Jobs, Monika Belluchchi va boshqa mashhurlarning model sifatida karyera boshlagan farzandlari (foto)

Stiv Jobs, Monika Belluchchi va boshqa mashhurlarning model sifatida karyera boshlagan farzandlari (foto)

O'qildi: 326


Stiv Jobs, Monika Belluchchi va boshqa mashhurlarning model sifatida karyera boshlagan farzandlari (foto)

O‘z faoliyati bilan tanilgan shaxslarning moda sanoatida faoliyat boshlagan farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Deva Kassel

Foto: Instagram / @d.casseluxxi

Monika Belluchchi va Vensan Kasselning 16 yoshli qizi Deva ham onasi singari moda olamida o‘zini sinab ko‘rishni afzal bilgan. Dolce & Gabbana bilan hamkorlik qilishni boshlagan qiz bahorda ilk reklama kampaniyasida suratga tushgan. Shuningdek, Devaning surati fransuz jurnalining muqovasini ham bezagan.

Lila Greys Moss

Foto: Grazia

Model Keyt Moss va Jefferson Xekning qizi ham kasb borasida onasining izidan ketgan. 18 yoshli sohibjamol Marc Jacobs Beauty va jurnal muqovasi uchun suratga tushgan.

Maya Xouk

Foto: Grazia

22 yoshli Maya Xouk aktrisa Uma Turman va aktyor Itan Xoukning qizi. Bir vaqtning o‘zida aktrisa va model sifatida karyera qilishni boshlagan qiz seriallardagi roli va Calvin Klein hamda Zac Posen’ning reklamalaridagi surati bilan muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan.

Lukas Portman

Foto: Grazia

Natalya Vodyanova va Britaniya lordi Jastin Portmanning 18 yoshli o‘g‘li Lukas ham Parijdagi moda haftaligida model sifatida chiqish qilgan. Balmain kolleksiyasining namoyishida ishtirok etgan Lukas onasi bilan jurnal muqovasi uchun ham suratga tushgan.

Sofiya, Sistin va Skarlet Stallone

Foto: Grazia

Aktyor Silvestr Stallonening birinchi turmushidan dunyoga kelgan uch nafar qizi ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishib ulgurgan. Moda olamida karyera qilishni istaydigan qizlarning surati bir nechta feshn-jurnallar muqovasini bezagan.

Ayris, Rudi va Rafferti Lou

Foto: Grazia

Jud Lou va Sedi Frostning farzandlari ham o‘zlarini moda olamida ko‘rishni istagan. 20 yoshliAyris Fendi va Burberry Beauty reklamalarida suratga tushgan, 24 yoshli Rafferti esa DKNY va Dolce&Gabbana’ning moda chiqishlarida ishtirok etgan. 18 yoshli Rudi esa moda sanoatidagi faoliyatni boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan.

Yeva Jobs

Foto: Grazia

Stiv Jobsning 22 yoshli qizi Yeva Jobs model sifatida karyera boshlaganini e’lon qilganiga ko‘p bo‘lmadi. U Glossier kosmetik brendining reklamasida suratga tushgan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.