Lak yoki gel? Qaysi tirnoq bo‘yog‘i afzal?
O'qildi: 338
Cosmopolitan ko‘pchilik ayollarni qiynaydigan masala lak yoki gelning afzalligi haqidagi savolga mutaxassislardan javob oldi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, tirnoqlarni bo‘yashda lakdan foydalangan ma’qul.
Foto: Cosmopolitan- Birinchidan, xavfsiz mahsulotni tanlash kerak. Masalan, Sally Hansen Hard as Nails Xtreme Wear vositalarida juda keng tarqalgan dibutilftalat, toluol va formaldegid kabi zararli komponentlar mavjud emas.
- Ikkinchidan, lak bo‘yog‘i qo‘shimcha parvarishni ta’minlaydi. Unda mikroporlatgich, kalsiy va tirnoq plastinkalarining kuchsizlanishining oldini oluvchi modda mavjud. Demak, bu kabi manikyur vositasidan doimo foydalanish mumkin.
- Uchinchidan, bo‘yoqni UV chirog‘i ostida ultrabinafsha nurlari yordamida quritishga hojat yo‘q.
- To‘rtinchidan, narx masalasi. Agar tirnoqlarni pardozlash jarayoni uyda amalga oshirilsa, ko‘p narsa tejalishi tabiiy. Ayniqsa, vaqt masalasi.
Lak bo‘yog‘ining afzalliklari:
- Chiroq ichida quritishni talab etmaydi;
- Xavfsiz hamda foydali moddalar tarkibi;
- Vositani tirnoqdan tozalash oson.
- Manikyurni tez-tez yangilash kerak.
Boshqa hollarda asosiy zararlanish gel bo‘yoqdan emas, balki uni noto‘g‘ri ko‘chirib tashlashdan yuzaga keladi. Gel bo‘yoqni qurituvchi chiroqlarga ahamiyatli bo‘lish kerak, ular ikki xil bo‘ladi: UV va LED. Bugun ko‘pincha LED uskunasidan foydalaniladi, sababi bu oz vaqt talab etadi va tirnoqlarni kamroq quritadi.
Foto: CosmopolitanAfzalliklari:
- Davomiyligi 2-4 hafta;
- Murakkab dizayn ishlarini amalga oshirish mumkin.
- Yupqa tirnoq egalariga tavsiya etilmaydi;
- Tirnoq plastinkalari qurib qolishi mumkin.
Mavzuga doir: Manikyur uzoq turishi uchun nima qilish kerak?
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.