Salomatlik Goʼzallik Kayfiyatni ko‘tarish bezanishdan afzal: fransuz ayollari go‘zal bo‘lish uchun amal qiladigan 5 qoida

Kayfiyatni ko‘tarish bezanishdan afzal: fransuz ayollari go‘zal bo‘lish uchun amal qiladigan 5 qoida

O'qildi: 338


Kayfiyatni ko‘tarish bezanishdan afzal: fransuz ayollari go‘zal bo‘lish uchun amal qiladigan 5 qoida

Fransuz ayollari o‘zini boricha qabul qilish va istalgan kamchilikni afzallikka aylantirishni yaxshi biladi. Tishlar orasi ochiq bo‘lsa tabassum go‘zal, burun katta bo‘lsa ko‘zlar shahlo deb hisoblaydi ular. Go‘zallik tashqi ko‘rinish emas, qalb bilan bog‘liq degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydigan xonimlar ajinlarni tonal krem bilan qoplamaydi, bor husniga tabiiylik bilan urg‘u beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Quyosh nuridan himoyalanish

Yuzning deyarli yarmini yopib turadigan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak, nafaqat zamonaviy aksessuar, balki yoshlikni saqlash usuli hamdir. Terisiga alohida e’tibor beradigan fransuz ayollari uni hatto qish kunlari ham ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Mashina va ofisda bir nechta ko‘zoynak turishi tabiiy hol. Xuddi shuning singari ular nafaqat yuz, balki terining boshqa ochiq qismlariga har kuni SPF krem surtishni kanda qilmaydi. Qish kunlarida SPF 5-10, yozda esa 30 dan kam bo‘lmagan vositalardan foydalanadi.

Tiniqib uxlash va mazali nonushta

Aksariyat ayollarni ikki tanlov: uxlash yoki makiyaj qilish qiynashi mumkin, lekin fransuzlarni emas. Ushbu mamlakatning nozik jins vakillari tiniqib uxlashni afzal biladi. Uyqudan shoshmay uyg‘onadigan ayollar, yaqin joydagi kafega borib qahva va kruassan bilan nonushta qiladi. Ko‘zlar mukammal qilib bo‘yanmasligi mumkin, ammo kayfiyatning kun bo‘yi ko‘tarinki bo‘lishi ta’minlanadi.

Tizzalar uchun qimmatbaho kremlar

Aftidan, fransuz ayollari Koko Shanelning tizza odam gavdasining eng xunuk qismi degan so‘zlariga tamoman ishonadi. Shu sabab bo‘lsa kerak yoshligidanoq qimmat kremlardan pul ayamay, imkon bo‘lishi bilan tizzalariga surtadi. Ularning fikricha, yosh o‘tishi bilan bog‘liq muammolar aynan tizzalarda aks etadi.

Nomiga jingalak sochlar

Fransuz xotin-qizlari sochlarini dazmol va fen bilan shikastlamaslikni ma’qul biladi. Ular aksariyat hollarda sochini tabiiy usul bilan quritadi. Ba’zida hatto taramasdan turib yig‘ib oladi. Natijada esa sochlar tabiiydek nomiga jingalak bo‘lib turadi.

Tabiiylikka urg‘u

Ko‘pchilik qizil pomada surtish uchun tonal kremdan foydalanish va shunga mos makiyaj qilish kerak deb hisoblaydi. Ammo fransuzlar emas. Qizil pomada ularning makiyajidagi yagona kosmetik vosita bo‘lishi mumkin, uning o‘zi bilan cheklanish fransuz ayollari uchun tabiiy hol. “Au naturale” trendiga amal qiladigan xonimlar tabiiy rangdagi ten, rumyana va pomadadan foydalanadi. Maksimal darajada tabiiy ko‘rinishni istaydilar va shu sabab ham to‘liq makiyaj qilmaslikni afzal biladilar. Ular tonal krem yoki pudradan ko‘ra yaxshi kosmetolog va qimmat kremga pul sarflaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.