Salomatlik Goʼzallik Sinalgan 7 usul: Labni ukolsiz kattalashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Sinalgan 7 usul: Labni ukolsiz kattalashtirish bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 440


Sinalgan 7 usul: Labni ukolsiz kattalashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Lab kattaroq ko‘rinishi va rangidan ko‘ngil to‘lishi uchun go‘zallik ukollaridan foydalanish shart emas. Qon aylanishini yaxshilab, odatdagidan sezilarliroq natijaga erishish mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Foto: Getty Images

Tish cho‘tkasi yordamida

Cho‘tkasi yumshoq bo‘lgan quruq tish yuvish cho‘tkasini olib, qiziganini sezmaguningizcha labingiz bo‘ylab harakatlantiring. Buning uchun alohida yangi cho‘tkadan foydalanish tavsiya qilinadi. Tish cho‘tkasi bilan massaj amalga oshirilganidan keyin kompress qilish kerak: mentolli yog‘ga botirib olingan salfetkani labingiz ustiga 10 daqiqaga qo‘yib qo‘ying.

Massaj va kompresslar

Massajni har kuni amalga oshirish kerak, shundagina ijobiy natija kuzatiladi. Muz bo‘lagi solingan matoni labga qo‘yib, harakatlantiring, muz qon sirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Keyin kontrast massaj qilish kerak: issiq suv bilan ho‘llangan mato, undan keyin bo‘lsa muz bo‘lagini ketma-ketlikda labga qo‘yish kerak. Har kuni yotishdan avval mazkur tavsiyaga amal qilinsa, bir necha haftadan keyin o‘zgarish bo‘lganini payqash mumkin bo‘ladi.

Skrab

Skrabdan muntazam foydalanish eski qurigan terini tushirib yangilanishiga sababchi bo‘ladi. Pomada yaxshi surtiladi va lab kattaroq ko‘rinadi. Tayyor skrabdan foydalanish yoki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qahva, shakar, suli yormasini kokos, zaytun yoki avokado yog‘i bilan aralashtirish kifoya. Skrabni labga surtib, 5 daqiqadan keyin yuvib tashlash kerak. Keyin gigiyenik pomada yoki krem surtishni unutmang. Muolajani 10-12 kunda takrorlab turish tavsiya qilinadi.

Qizdiradigan mahsulot yoki vositalardan foydalanish

Yalpiz yog‘i, dolchin(koritsa)yoki qalampirga zaytun yoki kokos yog‘ini qo‘shing. Aralashmani labingizga surting va diskomfort his qilishingiz bilan yuvib tashlang.

Mashqlar bajarish orqali

Yosh o‘tishi bilan lab va lab atrofi burchagida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ajin tushishining oldini olish va lab shakli o‘zgarib qolmasligi uchun bir qator mashqlarni bajarish kerak.

“O‘rdakcha” mashqi

Ikkala qo‘lingizning birinchi va ikkinchi barmog‘i bilan labning tepa va pastki qismini ushlab, birlashtiring. Labingizni oldinga va orqaga harakatlantiring. “U” harfini talaffuz qilgandek harakatga kelishi kerak. Mashqni 20 marta takrorlang.

Mashq qilish uchun mo‘ljallangan steril buyumni lablaringiz orasiga qo‘ying va o‘ngga va chapga harakatlantiring. 20 soniya davomida 15 marta takrorlang.

Makiyaj

Lablar kattaroq tuyulishi uchun och, yorqin va tabiiy ranglardan foydalaning. Yanada ko‘proq natijaga erishish uchun quyidagilarga amal qiling:

  • Qalam yordamida kontur chizing.
  • Xaylayterni yuqori lab  burmasiga surting.
  • Pomada surtgandan keyin labning o‘rtasiga xaylayter surting.
Labni shishirish xususiyatiga ega bo‘lgan bleskdan foydalaning

Blesk labni shishirishi uchun uning tarkibida qalampir ekstrakti yoki mentol bo‘lishi kerak. Uni surtgandan keyin qon sirkulyatsiyasi o‘zgarib, labda qizish yoki muzlagandek his paydo bo‘ladi va shishadi. Ammo bleskning o‘zi bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi, yuqoridagi tavsiyalar ketma-ketligiga amal qilish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.