Botoks qildirmoqchi bo‘lsangiz, bilib qo‘yish zarar qilmaydigan ma’lumotlar
Botoks yuz ifodasi imkoniyatini kamaytiradimi?Yuzni jonsiz ko‘rinishga keltiradimi?Ajinlarni butunlay yo‘qotadimi?Botoks haqida turli xil fikrlar mavjud. Shunday bo‘lsa ham, ayollar uning hamma jihatlarini bilmay turib o‘zlarida qo‘llab ko‘radi. Shu sababdan ham mutaxassis Yelena Makuxning botoks uchun ishonchli qo‘llanmasini taqdim etamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Botoks qanday ishlaydi?
Neyroprotein teriga ta’sirini yo‘qotish uchun mushakni bir muddat to‘sib qo‘yadi. Ajin tushishi terining bir sohasida bir xil harakatning takrorlanishi tufayli yuz beradi. Dastlab mimik ajinlar terining yuza qismida joylashadi va harakat qilgandagina ko‘rinadi, keyinchalik ajin chuqurlashgan sari to‘qimalarga ham ta’sir qiladi. Endi ajinlar yuzning harakatsiz holatida ham yaqqol ko‘rina boshlaydi, bu esa dinamik ajinni statikka o‘tishi deyiladi.
Botoks esa terini butunlay silliq qiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri fikr. Agar teri yosh bo‘lib faqat mimik ajinlardan iborat bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan bu sohada yuz ifodalari o‘zgarganligi tufayli silliqlashishi mumkin. Lekin yuzda allaqachon chuqur ajinlar paydo bo‘lsa, preparat vaziyatni og‘irlashtirmaslikka yordam beradi, xolos.
Necha yoshda qo‘llagan ma’qul?
Botoksni qo‘llash uchun voyaga yetgan bo‘lish shart. Bu yoshda ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish yaxshi. Lekin shunday hollar kuzatiladiki, 18 yoshda ham preparat yordam bera olmasligi mumkin. 70 yoshdagi keksa ayollar ham botoksni qo‘llashi mumkin, ammo natija yosh terinikiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Eng yaxshisi 26 yoki 30-35 yosh, chunki teri holati yaxshi bo‘lgan vaqtda qo‘llanilsa, uzoq yillar davomida ajin borasida muammolar tug‘ilmaydi.
Qanday hollarda jarayonni qo‘llash mumkin emas?
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga homiladorlik va emizish davri kiradi. Bir vaqtning o‘zida turli xil dori vositalarini qo‘llash, masalan, antibiotiklar va vitaminlar botoksning ta’sirini kamaytirish mumkin. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashgan holda, shuningdek, jarayon boshlanishidan avval bemor barcha ma’lumotlarni yashirmasligi kerak. Agar jarayonga kirishishdan avval bu kabi savollar berilmasa, mutaxassisning tajribasiga shubha qilish lozim.
Natija qancha vaqtda seziladi?
Jarayondan keyingi birinchi haftada hammom, sauna va plyajlarga borish mumkin emas. Bu jarayon natijasini yomonlashtirishi va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Dastlabki 4 soat mobaynida sport bilan shug‘ullanish, gorizontal holat va yuzni pastga qaratib yotish mumkin emas. Bir hafta davomida spirtli ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi. Jarayondan keyingi umumiy tavsiyalarga ko‘ra, dastlabki ikki-uch kun ichida preparat yaxshi ta’sir qilishi uchun yuz ifodalaridan faol foydalanish kerak.
Natija jarayonning uchinchi kunida paydo bo‘ladi. Haftaning oxirida esa yaqqol sezila boshlaydi. Agar natija kutilganidek bo‘lmasa, ikki haftadan so‘ng o‘zgartirish kiritish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Jarayonning ta’siri qancha vaqtgacha saqlanib qoladi?
Jarayonning ta’sir kuchi dozalarga ham bog‘liq. Ya’ni doza qancha ko‘p bo‘lsa, ta’sir kuchi ham uzoqqa cho‘ziladi. Ammo haddan ortiq ko‘p yuborilgan doza tufayli yuz ifodalari qotib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ortiqcha dozani qo‘llash xavfli hisoblanadi.
Botoksni o‘rtacha har 6 oyda bir marotaba qo‘llagan ma’qul. Ammo hamma uchun ham ushbu qoida mos kelmaydi. Har bir bemorning o‘ziga xos xususiyatlari bor va ko‘p narsa modda almashinuvi jarayoni, gormonlar hamda qalqonsimon bezning faoliyatiga bog‘liq.
Mimikalar saqlanib qoladimi?
Yuzda mimikalarning saqlanib qolishi ham doza bilan uzviy bog‘liq. Mutaxassislar iloji boricha tabiiy va uyg‘un natijaga erishishni xohlaydi. Yuz sezilarli darajada yangi ko‘rinadi, depressiv mimikalar yo‘qoladi. Bundan tashqari, insonda ijobiy fikrlash paydo bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, botulotoksinni qosh hududiga muntazam ravishda yuborish bu odamning ijobiy holatiga va o‘zini yanada faol namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Ayollarni nafaqat go‘zal qiladi, balki baxtni biroz his qilishiga ham yordam beradi.
Manba