Salomatlik Ayollar uchun Kiyimdagi dazmol izlaridan qanday qutulish mumkin? Uy sharoitida sinalgan eng yaxshi usullar

Kiyimdagi dazmol izlaridan qanday qutulish mumkin? Uy sharoitida sinalgan eng yaxshi usullar

O'qildi: 424


Kiyimdagi dazmol izlaridan qanday qutulish mumkin? Uy sharoitida sinalgan eng yaxshi usullar

Kiyimlar chiroyli ko‘rinishi uchun dazmollashga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Ammo bu jarayonda ham kutilmagan qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, matoda qoladigan dazmolning izi. The Voice Mag nashri ushbu muammoni osongina bartaraf etish mumkin bo‘lgan usullar bilan tanishtirdi.

Foto: Shutterstock

Kiyimdagi dazmol izlarini olib tashlashning eng ishonchli usuli ularni kimyoviy tozalashdir. Ammo uy sharoitida ham sinalgan usullari mavjud. Agar materialda dazmol sariq iz qoldirsa, kiyimni o‘z holiga qaytarish mumkin. Biroq, agar dog‘ quyuq jigarrang bo‘lsa, afsuski, kiyimni avvalgi holiga qaytarishning iloji bo‘lmaydi.

Dazmol izlarini xalqona usullari bilan qanday olib tashlash mumkin?

  • Kiyimdagi dazmol izlarini olib tashlash uchun limon sharbatidan foydalanish mumkin. U kiyimga surtiladi, ustiga shakar upasi sepiladi. Mato qurishi uchun biroz vaqtga qoldiriladi va keyin sovuq suvda yuviladi.
  • Matodagi dazmol izini olib tashlashning yana bir usuli — uni oshxona sirkasi bilan artib, keyin doka orqali issiq dazmol bilan dazmollash kerak.
  • Yana bir samarali usul — dog‘ni sovuq suv bilan namlash, tuz sepib, quritishga qo‘yish kerak. Keyin kiyimlarni sovuq suvda yuvish tavsiya etiladi.
Qora rangli matoda dazmol izlarini qanday ketkazish mumkin?

Ko‘pincha qora rangli kiyimlarda dazmollashdan so‘ng yaltiroq iz qoladi. Bu juda yuqori harorat tanlanganligini anglatadi. Dazmolda yorqin dog‘lar paydo bo‘lishining oldini olish uchun qora kiyimlarni ichkari tomondan dazmollash tavsiya etiladi. Agar dazmol izi allaqachon qolgan bo‘lsa, quyidagi usullar yordamida muammoni hal qilish mumkin.

Qora kiyimdagi dazmol dog‘larni kir sovun eritmasi bilan olib tashlash mumkin. Buning uchun ro‘molcha eritmaga namlanadi va u bilan kiyim dazmollanadi.

Iste’mol sodasi ham qora kiyimdagi dazmol izlarini ham olib tashlashga yordam beradi. Quyuq pyure hosil bo‘lguncha suv bilan aralashtiriladi. Muammoli joylarga qo‘llab, ikki soatga qoldiriladi. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Dazmol izlaridan qutulish uchun piyozdan foydalanish mumkin. Uni maydalab, dog‘ ustiga qo‘llanadi va ishqalanadi. So‘ngra bir necha soatga qoldiriladi. Keyin kiyimlar sovuq suvda taxminan ikki soat davomida namlanadi. 30-40 daraja haroratda yuviladi.

Qora matolardan dazmol izlarini olib tashlashning oddiy, ammo samarali usuli bor — kiyimni ferment mahsulot bilan yuvish.

Yana bir g‘ayrioddiy usul: kiyimni yog‘siz sutga botirib, o‘ttiz-qirq daqiqaga qoldiring. Agar yog‘li sutdan doydalanilsa, u kiyimda yog‘ dog‘larini qoldirishi mumkin.

Dog‘li joy sovuq suv bilan namlanadi va tuz sepiladi. Mato cho‘tka yordamida muloyimlik bilan tozalanadi va quritishga qoldiriladi. Agar tuz dog‘lari qolsa, kiyim sovuq suvda yuviladi.

Bu vaqtda limon sharbatiga ham murojaat qilish mumkin. Kislota matoni normal holatga keltiradi. Ular dog‘ ustiga qo‘llanadi va yigirma-o‘ttiz daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra yuvib tashlanadi.

Sharob sirkasi ham ba’zi dog‘larni yaxshi tozalaydi. Avval dog‘ ustiga qo‘llanib, to‘liq quritiladi va yuviladi.

Shuningdek, ayrim matodagi dog‘larni ustara, cho‘tka yoki yopishqoq lenta yordamida ham tozalash mumkin.

Qora matoda dazmol iz qoldirmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Har doim shimlarni(ayniqsa kostyum)biroz nam doka yoki yupqa mato bilan dazmollash kerak.
  • Shuningdek, kiyimlarni ichki tomondan dazmollash ham mumkin.
  • Dazmollashdan oldin kiyimga sirka suvli eritma sepish tavsiya etiladi.
Rangli matolardagi dazmol izlarini qanday olib tashlash mumkin?

Ba’zida dazmol jigarrang-sariq dog‘larni qoldiradi. Kiyimni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak, balki quyidagi layfxaklar yordamida uni avvalgi holatiga qaytarish mumkin.

  1. Dastlab kiyim toza suv bilan yuviladi.
  2. Dog‘ ustiga biroz suyuq yuvish vositasini qo‘llanadi.
  3. Muammoli joy yaxshilab ishqalanadi.
  4. Suyuq yuvish vositasi o‘rniga kukunini ham suvda ozgina suyultirish mumkin, ammo buning uchun mato turiga e’tibor berish kerak.
  5. Yarim soatga qoldiriladi.
  6. Keyin kiyim kir yuvish mashinasida yuviladi.
  7. So‘ngra kiyim havo yaxshi aylanadigan joyda quritiladi.

Mavzuga doir:

  • Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli
  • “Tez yuvish rejimi”: Nima uchun kiyimlar va mashina uchun zararli?
  • Kichrayib qolgan kiyimlarni avvalgi o‘lchamiga qaytarishda asqatadigan layfxaklar 


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.